Sunnatov Muxtor N’ematovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk bozorini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt458.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Durbek Qudratillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Samad Normo‘minovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk bozorini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mualliflik huquqi va patent huquqi sub’ektlari o‘rtasidagi vakolatlarni «ixtiyoriy» yondashuv asosida tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
intellektual mulk bozorida ilg‘or innovatsiyalar savdo oqimi yuqori bo‘lgan axborot texnologiyalar sohasidagi loyihalarni tijoratlashtirishda xorijiy investisiyalar, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlarning mablag‘larini jalb etishning «odamlarning jamoaviy hissasi» orqali moliyalashtirish taklif etilgan;
innovatsiya faoliyatida himoyalangan intellektual mulk va nomoddiy aktivlarni baholashda intellektual mulk ob’ektlarini ichki va tashqi huquqlaridan foydalanish jarayonida to‘langan mualliflik haqlari ma’lumotini yuritish taklif etilgan;
korxona/tashkilotlarda intellektual mulkdan foydalanishning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda «Intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish» yillik hisobot shakli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk bozorini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mualliflik huquqi va patent huquqi sub’ektlari o‘rtasidagi vakolatlarni «ixtiyoriy» yondashuv asosida tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan taklifi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining 2021 yil 16 iyundagi 729/1-sonli buyrug‘i asosida qabul qilingan (Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi 2021 yil 16 iyundagi 33-03-1/729-son ma’lumotnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilingani o‘zaro hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirishga yordam bergan.
intellektual mulk bozorida ilg‘or innovatsiyalar savdo oqimi yuqori bo‘lgan axborot texnologiyalar sohasidagi loyihalarni tijoratlashtirishda xorijiy investisiyalar, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlarning mablag‘larini jalb etishning «odamlarning jamoaviy hissasi» orqali moliyalashtirish taklifi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining 2021 yil 16 iyundagi 729/1-sonli buyrug‘i asosida qabul qilingan (Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi 2021 yil 16 iyundagi 33-03-1/729-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi, intellektual mulk bozorini shakllanishini va startaplarning ekotizimi rivojlanishini ta’minlab sog‘lom raqobatni rivojlantirishga olib keladi va o‘z navbatida, O‘rta Osiyo startap xabi yaratilishiga imkon bergan;
innovatsiya faoliyatida himoyalangan intellektual mulk va nomoddiy aktivlarni baholashda intellektual mulk ob’ektlarini ichki va tashqi huquqlaridan foydalanish jarayonida to‘langan mualliflik haqlari ma’lumotini yuritish taklifi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 03 fevraldagi 46/3-sonli buyrug‘i asosida qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 03 fevraldagi 01/1-15-17/2-20-son ma’lumotnoma). Natijada aholi umumiy daromadlarida mol-mulkdan olingan daromadlar tarkibida intellektual mulkdan foizlar va mualliflik haqi ma’lumotlarining to‘liqligi, aniqligi va shaffofligi ta’minlanib, respondetlar soni oshgan;
korxona/tashkilotlarda intellektual mulkdan foydalanishning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda «Intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish» yillik hisobot shakli taklifi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 03 fevraldagi 46/3-sonli buyrug‘i asosida qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 03 fevraldagi 01/1-15-17/2-20-son ma’lumotnoma). Ushbu ilmiy va amaliy taklifni amaliyotga joriy qilingani, axborotlar olish imkoniyatlarini kengaytirib, ma’lumotlarni qayta ishlash, jamlash, sifatini yaxshilish va tahlil qilish tizimini takomillashtirishga yordam bergan.