Mamadjanova Ma’muraxon Kadirjanovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy masalalar vositasida matematika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped626.
Ilmiy rahbar: Mamatov Mashrabjon Shaxabutdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: O‘rinov Axmadjon Qo‘shaqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Barakaev Murod, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mantiqiy masalalar vositasida boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinflar matematika darslarida o‘rgatiladigan mantiqiy masalalarni tuzish va echish tamoyillari o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlari va  matematik tushunchalarni o‘zlashtirish imkoniyatlariga hamda mantiqiy masalalar mazmuniga ko‘ra muvofiqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘rgatiladigan mantiqiy masalalarni soddadan-murakkabga qarab joylashtirish orqali o‘quvchilarning tafakkur qilish shakllari va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishni didaktik imkoniyatlari  integratsiyalashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish metodikasi vositalarini o‘ziga xos xususiyatlariga o‘quv materiallari mazmunini uyg‘unlashtirish asosida mantiqiy masalalalar tizimi muvofiqlashtirilgan hamda mulohazalar yuritish vositasida mantiqiy masalalar echish metodlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish jarayonlariga axborot-didaktik dasturiy ta’minot vositalarini tatbiq etish asosida mantiqiy masalalar echishning innovatsion metodlarini joriy etish mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mantiqiy masalalar vositasida boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinflar matematika darslarida o‘rgatiladigan mantiqiy masalalarning didaktik funksiyalari o‘quvchilarning matematik tushunchalarni o‘zlashtirish imkoniyatlari hamda mantiqiy masalalar mazmuniga ko‘ra muvofiqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘z RVM ning 2017 yil 6 apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan o‘quvchilarda matematik kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 9 oktyabrdagi 01/11-03/6-1143 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishi va mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha talablar takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘rgatiladigan mantiqiy masalalarni soddadan-murakkabga qarab joylashtirish orqali o‘quvchilarning tafakkur qilish shakllari va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishning didaktik imkoniyatlarini integratsiyalashtirish va boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiluvchi mantiqiy masalalar tizimi o‘quv materiallari mazmuni bilan uyg‘unlashtirilgan hamda mantiqiy masalalarning mazmuniga ko‘ra echish metodlarini takomillashtirishga doir takliflardan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik tasavvurlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yillar) nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 89-03-285-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida masalalar echish jarayonida ularning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish jarayonlariga axborot-didaktik ta’minot vositalarini tatbiq etish asosida mantiqiy masalalar echishning innovatsion metodlarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 9 oktyabrdagi 01/11-03/6-1143 sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematika fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish