Xalilova Feruza Abdujalolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kamqonlik bilan kechayotgan surunkali yurak etishmovchiligida yurak hamda buyrakdagi fibroz jarayonlari va elektrolitlar muvozanatiga antianemik davo samaradorligi», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1412.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mullabaeva Guzal Uchqunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: Kamqonlik bilan kechayotgan surunkali yurak etishmovchiligining turli gemodinamik tiplarida bemorlarda buyrak hamda yurakdagi fibroz jarayonlari va elektrolitlar muvozanatiga standart terapiya negizida o‘tkazilgan antianemik davo samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor SYuE kamqonlik bilan kechgan bemorlarda miokarddagi fibroz va buyrakdagi tubulointerstisial fibroz jarayonlari kompleks baholangan;
buyraklar proksimal kanalchalari funksional holati va fibroz hosil bo‘lish jarayonlarini baholash uchun SYuE temir tanqislik kamqonligi bilan birga kechgan bemorlarda chap qorinchani qon otish fraksiyasi saqlangan, oraliq va past gemodinamik tiplarida TGF–β1, galektin-3, al`dosteron ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
SYuE temir tanqislik kamqonligi bilan kechgan bemorlarda chap qorinchani qon otish fraksiyasi saqlangan, oraliq va past bemorlarda natriy, kaliy ko‘rsatgichlarini buyrakdagi tubulointerstisial jarayonlar rivojlanishdagi o‘rni isbotlangan;
kamqonlik bilan kechayotgan surunkali yurak etishmovchiligida yurak hamda buyrakdagi fibroz jarayonlari va elektrolitlar muvozanatiga antianemik davo samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kamqonlik bilan kechayotgan surunkali yurak etishmovchiligining turli gemodinamik tiplarida buyrak hamda yurakdagi fibroz jarayonlari va elektrolitlar muvozanatiga standart terapiya bilan birgalikda o‘tkazilgan antianemik davo samaradorligini baholash negizida olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda kompleks davolash negizida buyrak fibroz markerlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda kompleks davolash negizida buyrak fibroz markerlarini aniqlash va uning amaliy ahamiyati” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 8n-d/147-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SYuE asosida rivojlangan kamqonlik mavjud bemorlarda standart davo negizida antianemik muolajalar birgalikda olib borilganda buyrakdagi fibroz jarayonlarini barqarorlashtirish imkonini bergan;
yurak va buyrakdagi fibroz jarayonlarni baholash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Yurak va buyrakdagi fibroz jarayonlarni baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 8 n-d/147 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kamqonlik bilan kechayotgan surunkali yurak etishmovchiligining turli gemodinamik tiplarida buyrak hamda yurakdagi fibroz jarayonlari va elektrolitlar muvozanatiga standart terapiya negizida o‘tkazilgan antianemik davo samaradorligini baholash imkonini yaratgan;
kamqonlik bilan kechayotgan surunkali yurak etishmovchiligining turli gemodinamik tiplarida buyrak hamda yurakdagi fibroz jarayonlari va elektrolitlar muvozanatiga standart terapiya negizida o‘tkazilgan antianemik davo samaradorligini yaxshilash tamoyillari hamda davo-profilaktik chora-tadbirlarining asoslanganligi sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Kogon tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filialida klinik amaliyotga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 iyul 08-09/8142 - son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi tashhislash jarayonini aniq va tez bajarish, surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda buyrakdagi fibroz jarayonlarni standart davo negizida antianemik va antifibrotik terapiya bilan davolashda asoratlar sonining qisqarishi imkonini bergan.