Rajabov Alisherjon Nusratillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ): «Mahalliy don navlarini tozalash va fraksiyalash texnologiyasini ishlab chiqish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2341.
Ilmiy rahbarlar: Hamroqulov G‘ofurjon, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaev Alisher Shonazarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor; Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy don navlarini fraksiyalash va tozalashning yangi texnologiyasini ishlab chiqish asosida amaldagi uskunalarni  modernizatsiyalash hamda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenkulaturasi (TIF TN) bo‘yicha don navlarining kimyoviy tarkibini sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
silkinuvchan elakning yuza bo‘ylab va qisimlar kesimi bo‘ylab don va begona aralashmalar uzluksiz xarakatining dinamik modeli ilmiy asoslangan hamda mahalliy nav bug‘doy donining fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan; 
fizik-mexanik xususiyatlarni hisobga olgan holda kombirlangan separatorda mahalliy nav bug‘doy dondarining fraksiyalash texnologik va knematik parametrlari optimillashtirilgan;
massasi bo‘yicha donni fraksiyalash va turli aralashmalardan tozalash uchun kombirlangan  separator  takomillashtirildi;
ishlab chiqilgan tovar kodi asosida sertifikatsiyalash va ushbu tovarlarni sifatini nazorat qilish, milliy tovar nomenkulaturasi asosida mahallliy bug‘doy navlarini sinflash qoidalari asoslangan;
ilk bor tovar xususiyatidan kelib chiqib xafvsizlik ko‘rsatkichlari va   organoleptik, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini muvofiqligi hamda kleykovina miqdoriga asoslangan donlarni kodifikatsiyalash usuli ishlab chiqilgan;
bug‘doy doni tuzilishi va kimyoviy tarkibiga asoslanib qo‘shimcha tovar kodlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenkulaturasiga muvofiq mahalliy nav bug‘doy donini sinflanishini takomillashtirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida: 
donli va moyli ekinlarda namlik, oqsil va kleykovina  miqdorini aniqlash ekspress usuli Davlat bojxona qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 5 apreldagi 1/16-126-son ma’lumotnomasi). Natijada, qattiq va yumshoq bug‘doyning kimyoviy tarkibi, sifat ko‘rsatkichlari va istemol xossalarini qisqa vaqtda yuqori aniqlikda hamda standart talablariga muvofiq aniqlash imkonini bergan;
Navoiy, Buxoro viloyatlarida etishtiriladigan turli navdagi qattiq va yumshoq bug‘doylarning kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi kod raqamlari (qattiq bug‘doy donlarning 1,2,3, va 4 sinflari uchun - 1001 19 00 1; 1001 19 000 2; 1001 19 000 3; 1001 19 000 4; yumshoq bug‘doy donlarning 1,2,3, va 4 sinflari uchun - 1001 99 000 1;  1001 99 000 2; 1001 99 000 3; 1001 99 000 4) amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 5 apreldagi 1/16-126-son ma’lumotnomasi). Natijada, qattiq va yumshoq bug‘doylarning kleykovina miqdoridan kelib chiqqan holda sinflash hamda alohida tovar podsubpozisiyasiga detallashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish