Dosanova Gulzar Maulenbergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ): «Mahalliy xomashyolar asosida ko‘pchitilgan vermikulitni gidrofoblash va engil issiqlik saqlovchi materiallar texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1916.
Ilmiy rahbar: Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Zakirov Baxtiyar Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘pchitilgan vermikulitni gidrofoblash uchun kukunli gidrofobizatorning yangi tarkibini hamda noorganik materiallar asosida binolar va inshoatlarni issiqlik izolyasiyalovchi yangi avlod engil issiqlik saqlovchi materiallar texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ko‘pchitilgan vermikulitni gidrofobizatsiya qilish va yuqori samarali issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarishda qo‘llashga mo‘ljallangan kukunli gidrofobizatorning yangi tarkibi ishlab chiqilgan;
ko‘pchitilgan vermikulitni 4 – 5 % kukunli gidrofobizator bilan gidrofobizatsiyalash natijasida ko‘pchitilgan vermikulitning suvga tuyinish (suv yutish) darajasi 42 % gacha kamayishi aniqlangan va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti past bo‘lgan engil issiqlik saqlovchi materiallarda «tarkib-xossa» funksional bog‘liqlik isbotlangan;
issiqlik saqlovchi gips-vermikulitli qorishmalarning xossalariga tarkibiy omillar ta’sirining qonuniyatlari aniqlangan, shuningdek suvoq aralashmalari tarkiblarining fiziko-mexanik va eksplutatsion xususiyatlarining bog‘liqligi isbotlangan;
kukunli gidrofobizator va yuqori samarali engil issiqlik saqlovchi suvoq qorishmalarini ishlab chiqarishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘pchitilgan vermikulitni gidrofobizatsiya qilish va issiqlik saqlovchi suvoq qorishmalar ishlab chiqarishda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘pchitilgan vermikulitni gidrofobizatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan kukunli gidrofobizator tarkibi va issiqlik saqlovchi gips-vermikulitli qorishma ishlab chiqarish texnologiyasi «NUKUS INDAST STROY» QKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmaterialari» uyushmasining 2021 yil 7 maydagi 05/15-1220-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘pchitilgan vermikulitning suvga to‘yinish darajasini 42 % gacha, issiqlik saqlovchi suvoq aralashmalarining qurish vaqtini 10 – 25 % gacha kamaytirish imkonini bergan;
gips bog‘lovchisi va ko‘pchitilgan gidrofoblangan vermikulit asosida engil issiqlik saqlovchi suvoq qorishmasini olish texnologiyasi «TERMOZON» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmaterialari» uyushmasining 2021 yil 7 maydagi 05/15-1220-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan suvoq aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0,16-0,19 Vt/m·K va suvoq aralashmasining vertikal yuzalarga yopishish mustahkamligi 0,33 MPa bo‘lishini ta’minlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish