Fayzullaev Xolmo‘min Namazovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Normurod Norqobilov nasrida inson va tabiat muammosining poetik talqini”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1047.
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Shavkat Axadovich, filologiya fanlari doktori; Xolmurodov Abduhamid, filologiya fanlari doktori, prfessor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi N. Norqobilov hikoya, qissa va romanlarida o‘zbek adabiyotida inson va tabiat muammosining tadrijiy talqin etilish usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson va tabiat uyg‘unligi muammosining hozirgi zamon adabiyotshunosligida yangicha adabiy-estetik, shaxs ma’naviy madaniyatini takomillashtirish kabi ijtimoiy-falsafiy omillari, muammoning zamonaviy o‘zbek nasri kontekstidagi ma’rifiy innovatsiyalarning o‘rni Normurod Norqobilov asarlari asosida ochib berilgan;
Normurod Norqobilov hikoya hamda qissalarining badiiy ijod namunasi sifatidagi janr xususiyatlari inson va tabiat obrazi uyg‘un talqinida namoyon bo‘lishi ulardagi realistik, naturalistik tasvir xususiyatlari orqali aniqlangan;
inson va tabiat muammosining roman obrazlari va roman konsepsiyasida namoyon bo‘lish xossalari o‘zbek milliy an’analar va jahon poetik romanchiligi tajribalari asosida aniqlangan;
hikoya, qissa, romanlar syujeti, kompozision qurilishi, obrazlar, xarakter va portretlarining badiiy tahlili asosida yozuvchi asarlarida inson va tabiat muammosining ularni qo‘llashdagi poetik mahorat va o‘ziga xoslik darajasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Normurod Norqobilov nasrida inson va tabiat muammosining poetik talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Normurod Norqobilov hikoya va qissalarining o‘zbek fol`kloriga xos omillari, janr xususiyatlarining inson va tabiat obrazining uyg‘un talqinida namoyon bo‘lishi ulardagi realistik, naturalistik tasvir xususiyatlari orqali asoslangan xulosalaridan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” hamda FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihalarida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 01 iyuldagi 17.01.138-son ma’lumotnomasi). Natijada inson va tabiat muammosining yozuvchi hikoya, qissa va romanlari obrazlari va roman konsepsiyasida qanday namoyon bo‘lishi asoslanishiga erishilgan;
inson va tabiat muammosining roman obrazlari va roman konsepsiyasida namoyon bo‘lish xossalarini aniqlash natijasida yangi o‘zbek romaniga doir amaliy takliflar, inson va tabiat falsafasi masalalariga doir xulosalaridan Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan zamonaviy adabiy jarayon rivojiga, o‘zbek adabiyotini mamlakatimiz hamda xorijda o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan, jumladan, “Yoshlar nasri va bugungi adabiy jarayon”, “Adabiyot va uchinchi Renessans”, “Xiyobon oqshomlari” singari adabiy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 10 iyuldagi 01-03/936-son ma’lumotnomasi). Natijada Normurod Norqobilov hikoya hamda qissalarida jahon adabiy-estetik tafakkuri sintezi, adib romanida inson va tabiat konsepsiyasi obrazli namoyon bo‘lishi, adibning adabiy-estetik qarashlari yuzasidan bildirilgan fikrlarni keng o‘quvchilar ommasiga etkazish imkoniyati yaratilgan;
inson va tabiat uyg‘unligi muammosining adabiy-estetik, ijtimoiy-falsafiy omillari, muammoning zamonaviy o‘zbek nasri kontekstidagi o‘rnini yoritishda Normurod Norqobilov asarlari ahamiyatiga doir xulosalardan “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston!”, “Ijod mahsuli”, “Ibratga yo‘g‘rilgan umr”, “Qalb gavhari” hamda “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” va “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 14 iyuldagi 02-14-198-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarda inson va tabiat uyg‘unligi muammosining adabiy-estetik, ijtimoiy-falsafiy omillari, Normurod Norqobilov hikoya hamda qissalari janr xususiyatlarining inson va tabiat obrazi uyg‘un talqinida ifodalanish usullari, inson va tabiat muammosining adib romanlari obrazlari va konsepsiyasida namoyon bo‘lish xossalarining bugungi kun uchun ahamiyatli bo‘lgan jihatlari yoritilgan.