Xalmuratova Baxitgul Uzaxbergenovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv tanqisligi sharoitida asosiy ekinlarning maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx403.
Ilmiy rahbar: Mambetnazarov Amangeldi Bisenbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sobir Husanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Iminov Abduvali , qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha darajada sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarida suv tanqisligi sharoitida g‘o‘zaning “Chimboy-5018”, kungaboqarning “Navro‘z”, kuzgi bug‘doyning “Krasnodarskaya-99” va bedaning “KK-15” navlaridan yuqori hosil olishda ilmiy asoslangan sug‘orish tartibini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqolpog‘iston Respublikasi sharoitida suv bilan 40, 60 va 80% ta’minlangan o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda g‘o‘za, kungaboqar, kuzgi bug‘doy va bedaning sug‘orish tartiblari (me’yorlari, muddatlari, sug‘orish tizimlari) ishlab chiqilgan;
tajriba dalasi tuproqlarining donadorligi 40, 60 va 80 % suv bilan ta’minlanishida makroagregatlar mos ravishda 2,52-3,25%, mikroagregatlar 96,7-97,4% tashkil etishi, hajm massa 40% suv ta’minlanishida 0,15 g/sm3, 60% suv bilan ta’minlanishida 0,12 g/sm3 va 80% suv bilan ta’minlanishida 0,10 g/sm3 zichlanganligi va suv o‘tkazuvchanligi sug‘orish tartibida o‘zgarishlari aniqlangan; 
ekinlarning o‘sishi rivojlanishida har xil suv bilan ta’minlanishida tuproqdagi tuzlar tarkibining 42,5-62,3% ni zaharli tuzlar tashkil qilishi, suv ta’minoti 40-60% bo‘lgan sharoitda ekinlar sug‘orilganda tuproqdagi yalpi tuzlar miqdori 0,487-0,511% ni tashkil etishi, 80% suv ta’minotida sho‘rlanish darajasi (0,402%) pasayishi aniqlangan;
suv tanqisligi sharoitida g‘o‘zani sug‘orishda suv bilan 40% ta’minlanganda 2 marta, 60% ta’minotda 1 marta kam sug‘orilib hamda mavsumiy sug‘orish me’yori 825-2532 m3/ga tashkil etishi, suv ta’minoti 80% bo‘lganda esa 3-4 marta sug‘orilib, mavsumiy sug‘orish me’yori 2994-3027 m3/ga bo‘lishi aniqlangan;
kungaboqarni 40% suv ta’minotida parvarishlanganda mavsumda 1-2 marta, 628-1138 m3/ga me’yorda ,60% da 2-3 marta ,1563-2036 m3/ga, 80% da esa 3-4 marta , 2568-3057 m3/ga me’yorda sug‘orishni o‘tkazish kerakligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyni 40% suv ta’minotda parvarishlanganda mavsumda 1-2 marta, 846-1244 m3/ga me’yorda, 60% da 2-3 marta,1541-2011 m3/ga, 80% da esa 3-4 marta, 2026-2548 m3/ga me’yorda sug‘orishni o‘tkazish kerakligi aniqlangan;
beda ekini esa 40% suv ta’minotida 1-2 marta sug‘orilib, mavsumda 628-1110 m3/ga, 60% da 2-3 marta sug‘orilib, 1508-2006 m3/ga, 80% da 3-4 marta sug‘orilib, mavsumiy sug‘orish me’yori 2512-3046 m3/ga ni tashkil etishi, ekinlarni suv tanqisligida sug‘orishda suv ta’minoti 40-60% bo‘lganda sug‘orishlar soni 1-2 marta, mavsumiy sug‘orish me’yori 540-2441 m3/ga ga kamayishi, bir sentner hosil uchun g‘o‘zaning, kungaboqarning, kuzgi bug‘doyning va bedaning suv sarfi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi - allyuvial tuproqlarda suv tanqisligi sharoitida g‘o‘za, kungaboqar, kuzgi bug‘doy va beda ekinlarini etishtirishda maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Suv tanqisligi sharoitida asosiy ekinlarni sug‘orish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 yanvardagi 01/011-118-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloq va suv xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
suv tanqisligi sharoitida g‘o‘zaning “Chimboy-5018” navini maqbul sug‘orish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumani “Islam Shaniyazov Qanlikol” f/x 11,7 ga, kungaboqarning “Navro‘z” navi Xujayli tumani “Zul`fiya tadbirkor ayol” f/x 27,5 ga, kuzgi bug‘doyning “Krasnodarskaya-99” navi Chimboy tumani “Arshan” f/x 21,3 ga, bedaning “KK-15” navi Chimboy tumani “Taza talap” f/x 17,5 ga maydoniga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 yanvardagi 01/011-118 sonli ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za 80% suv bilan ta’minlanganda 1-3-0 tizimda 3000 m3/ga me’yorda  sug‘orilib, 28,6 s/ga, kungaboqar 40% suv ta’minotida 0-1-0 va 0-2-0 tizimda 620-1123 m3/ga me’yorda sug‘orilib, 13,6-14,5 s/ga, kuzgi bug‘doy 60% suv bilan ta’minlanganda 0-3-0 tizimda 2011 m3/ga me’yorda sug‘orilib, 42,3-49,5 s/ga, beda 60 % suv bilan ta’minlanganda 3 marta sug‘orilib, mavsumiy suv sarfi 2006 m3/ga tashkil etib, 77,1-81,7 s/ga pichan hosili olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish