Raxmatova Dilbar Ismatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz nervi kontrakturasi rivojlanishida tashxislashning o‘ziga xos xususiyati, klinik, nevrologik mezoni va medikamentoz davoni mukammallashtirish yo‘llari», 14.00.13–Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.2.PhD/Tib926
Ilmiy rahbar: Sanoeva Matlyuba Jahonqulovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori (Qozog‘iston); Qilichev Ibadulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuz nervi nevropatiyasi tiklanish bosqichlarida mimik mushaklar kontrakturasi rivojlanishini tashxislash xususiyatlari, klinik va nevrologik mezonlari hamda  medikamentoz davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik, neyrofiziologik va neyrovizual tekshiruv natijalariga asoslangan mimik mushaklar kontrakturasi rivojlanishining patogenetik mexanizmlari yoritilgan; 
mimik mushaklar faoliyati tiklanishining turli bosqichida asoratlarni chaqiruvchi xavfli omillar hamda kontraktura rivojlanishini bashoratlovchi sabablar asoslab berilgan;
bemorlarni uzoq muddatli dinamik kuzatish yuz nervi nevropatiyasi asoratida  komorbid belgilar rivojlanishining ehtimoli isbotlangan;
mavjud bo‘lgan tashxislash dasturlarining tahlili asosida mimik mushaklar kontrakturasini erta tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan hamda davolash standarti takomillashtirilgan;
yuz nervi nevropatiyasi og‘ir va asoratlangan shaklida klinik, psixoemotsional, elektroneyromiografik natijalarga asoslangan yangi davolash usuli (Amantadin sul`fat  va Levodopa dori vositalari)ning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuz nervi nevropatiyasi klinik-nevrologik xususiyatlarni o‘rganish hamda mimik mushaklar kontrakturasini tashxislash va davolashda olingan ilmiy natijalar asosida:
yuz nervi nevropatiyasining asoratlangan shakllarini klinik va instrumental tekshiruvlar asosida ishlab chiqilgan “Yuz nervi nevropatiyasi asoratlangan shakllarini tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 23.02.2021 yildagi 8n-r/150-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi tashxisotni takomillashtirish, davolash muddatini qisqartirish va yuz nervi nevropatiyasi asoratlarining oldini olishga imkon bergan;
yuz nervi nevropatiyasida mimik mushaklar disfunksiyasining og‘irlik darajasini baholovchi shkalalar asosida ishlab chiqilgan “Yuz nervi neyropatiyasini birlamchi tashxislash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 23.02.2021 yildagi 8n-r/151-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi aniqlikni oshirishga, yuz nervi nevropatiyasini qisqa muddatda sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida tashxislash hamda davo samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari Buxoro viloyat tibbiy diagnostika markazi, Buxoro shahridagi 5- va 1-oilaviy poliklinikalar, Buxoro tuman 3-oilaviy poliklinikasi, Buxoro shahridagi “Sitorai Moxi-Xossa” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 12.03.2021 yildagi 8n-d/95-sonli xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yuz nervi nevropatiyasi asoratlarini tashxislash, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirib, davolash davomiyligini qisqartirish, asoratlar sonini kamayishiga olib kelgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish