Adizova Nargiza Zamirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Buxoro-Xiva cho‘l hududlari ko‘chma qum va tuproqlarini mustahkamlash uchun samarali kompozisiyalar ishlab chiqish va qo‘llash», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/K167.
Ilmiy rahbar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Qulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva cho‘l hududi avtomobil yo‘llari ko‘chma tuproq va qumlarini mustahkamlash uchun samarali kompozisiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro-Xiva avtomobil yo‘llari ko‘chma tuproq va qumlarining mineralogik, kimyoviy, tuzli va granulometrik tarkibi aniqlangan;
mahalliy gil minerallari, ko‘chma qumlarni mustahkamlash parametrlariga mos keluvchi sanoati chiqindilaridan (tarkibida kal`siy, sellyuloza, gossipol xosilali va h.k.) foydalangan holda ko‘chma tuproq va qumlarning tarkibi va xususiyatlariga qarab mustahkamlovchi tarkib ishlab chiqilgan;
ko‘chma qumlarni mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan kompozisiyalar yordamida mustahkamligi 2,2-2,9 MPa va suvga chidamli agregatlar miqdori 72-85% bo‘lganida fitomelioratsiya jarayonining eng maqbul sharoitlari asoslangan;
mahalliy gil minerallari va sanoat chiqindilari asosida olingan mustahkamlovchi kompozisiyalarni yaratishda mexanik-kimyoviy dispergatsiyaning ahamiyati aniqlangan;
mustahkamlovchi kompleks tarkibni olish va ulardan Buxoro-Xiva cho‘l hududlari avtomobil` yo‘llari ko‘chma tuproq va qumlarida qo‘llash uchun maqbul sharoitlari aniqlangan;
NaCl + CaCl2 (CaO + MgO) + gossipol qatroni+polimer tizimining ko‘chma tuproq va qumlarning mustahkamlik faolligini oshirishining sinergik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro-Xiva cho‘l hududlari avtomobil yo‘llari ko‘chma tuproq va qumlarini mustahkamlash uchun samarali kompozisiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy gil minerallari, sirt faol moddalar (SFM), yog‘ va moyni qayta ishlash sanoati chiqindilari asosida tayyorlangan mustahkamlovchi kompozisiya olish texnologiyasi Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 2 avgustdagi 04-02/8-2380-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro-Xiva cho‘l hududlari ko‘chma qum va tuproqlarini uchuvchanligini kamaytirish, shamolga, suvga chidamliligini oshirish kabi ekologik muammoni bartaraf etish imkonini bergan;
ko‘chma qumli tuproqlarda mustahkam struktura hosil bo‘lishida fitomelioratsiya (o‘simlik o‘stirish) jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Buxoro viloyati viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 2 avgustidagi 04-02/8-2380-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining cho‘l hududlari avtomobil yo‘llaridan foydalanish sharaoiti, shuningdek yo‘l chetida cho‘lga chidamli o‘simliklarning zich unishiga imkoniyat yaratgan;
ko‘chma qumlarda mustahkamlovchi qo‘shilmalar kompozisiyasining adsorbsiya mexanizmi va kinetik tavsiflari №A-FA-2019-37 «Qo‘ng‘irot soda zavodi chiqindilari asosida qum va tuzli tuproqlar bo‘ronlarini oldini oluvchi yangi avlod reagentlarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada turli cho‘l hududi ko‘chma qum disperslarida mustahkam struktura hosil bo‘lishini qiyosiy tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 2 iyundagi 4/1255-1612-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘chma tuproq qumlarni mustahkamlashda ularning fizik-kimyoviy, granulometrik va adsorbsion xossalarini o‘rganish mustahkamlovchi kompozisiya tanlash va ularning o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash usullarini takomillashtirish imkonini bergan.