Raximov Xasan Shukurjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.4.PhD/Iqt.631.
Ilmiy rahbar: Asqarova Mavluda Turabovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Baxtiyar Muxamedjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusainov Ravshan Raximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti infratuzilmasi samaradorligini baholash,  transport xizmatlarining YaIMdagi ulushi (>11%), yuk va yo‘lovchi tashish hajmining o‘sishi (>6%) va xalqaro tashuvlarda milliy transport tashuvlarining YaIMdagi ulushi (>80%) ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymati taklif etilgan;
temir yo‘l transporti infratuzilmasini ob’ektlarni sug‘urta qilish, venchurli moliyalashtirish va innovatsiyalarni kiritish asosida rivojlantirishning zarurati asoslab berilgan;
transport infratuzilmasini rivojlantirishda amaldagi risk ta’siri darajasi imitatsion model natijasi bo‘yicha – past (0–0,35), o‘rtacha, ya’ni 0,36–0,75 va yuqori, ya’ni 0,76–1,0 daraja oraliqlarida bo‘lishining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
temir yo‘l transporti infratuzilmalari samaradorligini davlat aksiyadorlik jamiyatidan davlat-xususiy sheriklikka o‘tish asosida oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transporti infratuzilmasi samaradorligini baholash, jumladan transport xizmatlarining YaIMdagi ulushi (>11%), yuk va yo‘lovchi tashish hajmining o‘sishi (>6%) va xalqaro tashuvlarda milliy transport tashuvlarining YaIMdagi ulushi (>80%) ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatini taklif etish bo‘yicha takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 4 dekabrdagi NG/6861-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatkichlar tizimining integral baholar reytingini aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilishi iqtisodiy samaradorligini 12-14 foizga oshirish imkonini bergan; 
temir yo‘l transporti infratuzilmasini ob’ektlarni sug‘urta qilish, 
venchurli moliyalashtirish va innovatsiyalarni kiritish asosida rivojlantirishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ faoliyatiga 
joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 4 dekabrdagi 
NG/6861-son ma’lumotnomasi). Mazkur tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining 
kompaniya faoliyatiga joriy etilishi natijasida ta’minot zanjiriga 
jalb qilingan barcha transport korxonalari integratsiyasi ta’minlangan va etkazib berish vaqtini 25 foizga qisqartirish imkoniyati yaratilgan;
transport infratuzilmasini rivojlantirishda risk ta’sir darajasi – past 0–0,35, o‘rtacha 0,36–0,75 va yuqori 0,76–1,0 daraja oraliqlarida bo‘lishining maqsadga muvofiqligini asoslash bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 4 dekabrdagi NG/6861-son ma’lumotnomasi). Ushbu optimallashtirilgan modelning amaliyotga joriy etilishi natijasida kutilayotgan risklarni oldini olish va risk ta’sirchanligini 12-14 foizga kamaytirish imkoniyatini bergan;
temir yo‘l transporti infratuzilmalari samaradorligini davlat-xususiy sheriklik asosida oshirishni taklif etish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 4 dekabrdagi NG/6861-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish aksiyadorlik jamiyatida biznes-jarayonlarni samarali tashkil qilish, qabul qilingan yuklarni saqlash, tovar oqimi harakatini nazorat qilish va etkazib berish xarajatlarini 13 foizga qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish