Ne’matov Oybek Ismatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt297.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nozir Alievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Mehmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat notijorat tashkilotlarida bilvosita xarajatlarini dasturlar, loyihalar va tadbirlarga «sabab-oqibat» mezoni asosida olib borish orqali hisob ob’ektining tannarxi aniqlashtirilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z mablag‘lari manbalarini tarkibiy qismlari bo‘yicha aks ettirish maqsadida xususiy kapitalni doimiy sof aktivlar hisobidan shakllantirish taklif qilingan; 
nodavlat notijorat tashkilotlari natijadorligini baholash maqsadida maqsadli tushumlarning tarkibiga doir axborotlarni shakllantirish uchun alohida 8331 - «Kirish badallari», 8860 - «Xayr-ehsonlar, yordamlar, mehr-muruvvat va donorlik mablag‘lari», 8871 -«Tadbirkorlik faoliyatidan olingan foydasi» ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan; 
nodavlat notijorat tashkilotlarida «bajarilishlar-smeta-chetlanishlar» yaxlit zanjiri bo‘yicha bajarilishlarga oid hisobotlarni tuzish hamda smetalardan chetlanishlarini aniqlashni kiritish orqali auditning uslubiy jihatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
nodavlat notijorat tashkilotlarida bilvosita xarajatlarini dasturlar, loyihalar va tadbirlarga «sabab-oqibat» mezoni asosida olib borish orqali hisob ob’ektining tannarxi aniqlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi boshqaruvi tomonidan hisob siyosatiga joriy qilingan (O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi boshqaruvining 2021 yil 28-apreldagi 01/141-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturlar, loyihalar va tadbirlar tannarxini to‘g‘ri hisoblash hamda hisob va hisobotlarning sifatini oshirishga xizmat qilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z mablag‘lari manbalarini tarkibiy qismlari bo‘yicha aks ettirish maqsadida xususiy kapitalni doimiy sof aktivlar hisobidan shakllantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalar hamda O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi boshqaruvi tomonidan hisob siyosatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2020 yil 2 oktyabrdagi 33-son, O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi boshqaruvining 2021 yil 28-apreldagi 01/141-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarida xususiy mablag‘lari manbalariga doir axborotlarni olish imkonini bergan; 
nodavlat notijorat tashkilotlari natijadorligini baholash maqsadida maqsadli tushumlarning tarkibiga doir axborotlarni shakllantirish uchun alohida 8331 - «Kirish badallari», 8860 - «Xayr-ehsonlar, yordamlar, mehr-muruvvat va donorlik mablag‘lari», 8871 -«Tadbirkorlik faoliyatidan olingan foydasi» ishchi schyotlarini kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi boshqaruvi tomonidan hisob siyosatiga joriy qilingan (O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi boshqaruvining 2021 yil 28-apreldagi 01/141-son ma’lumotnomasi). Natijada, maqsadli tushumlar foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini bergan;
nodavlat notijorat tashkilotlarida «bajarilishlar-smeta-chetlanishlar» yaxlit zanjiri bo‘yicha bajarilishlarga oid hisobotlarni tuzish hamda smetalardan chetlanishlarini aniqlashni kiritish orqali auditning uslubiy jihatlari takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalar hamda O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi boshqaruvi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarida ichki auditni tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2020 yil 2 oktyabrdagi 33-son va O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi boshqaruvining 2021 yil 28-apreldagi 01/141-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi audit xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga hamda hisobotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish