Abdujaborova Ma’mura Toshmuxamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv ta’minoti korxonalarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.I.PhD/Iqt997.
Ilmiy rahbar: Ochilov Ilyos Keldiyorovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv ta’minoti korxonalarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv ta’minoti korxonalarida xarajatlarni ob’ektlarda texnologik jarayonlar bo‘yicha hisobga olish orqali boshqaruv hisobining axborot imkoniyati aniqlashtirilgan;
cuv ta’minoti korxonalarida hisob siyosatiga 2011-«Suvni olish jarayonidagi ishlab chiqarish xarajatlari», 2012-«Suvni tozalash jarayonidagi ishlab chiqarish xarajatlari», 2012-«Suvni etkazib berish jarayonidagi ishlab chiqarish xarajatlari» ishchi schyotlarini kiritish asosida ishlab chiqarish xarajatlarining texnologik jarayonlar bo‘yicha hisobi takomillashtirilgan; 
suv ta’minoti korxonalarida xizmatlar tannarxiga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarni 3130-«Investision xarajatlar» ishchi schyotida hisobga olish taklif etilgan;
aktivlar va passivlarning tarkibini baholashga asoslangan optimal strukturasini ta’minlash orqali suv ta’minoti korxonalarida iqtisodiy tahlili metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Suv ta’minoti korxonalarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
suv ta’minoti korxonalarida xarajatlarni ob’ektlarda texnologik jarayonlar bo‘yicha hisobga olish orqali boshqaruv hisobining axborot imkoniyatini aniqlashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zsuvta’minot» AJning hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zsuvta’minot» AJning 2021 yil 11 yanvardagi 05/1-60-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini pasaytirish, ular tomonidan qilingan xarajatlarni ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan axborot tizimini yaratish, korxona rivoji uchun moliyaviy rezervlarini shakllantirishga erishilgan;
cuv ta’minoti korxonalarida hisob siyosatiga 2011-«Suvni olish jarayonidagi ishlab chiqarish xarajatlari», 2012-«Suvni tozalash jarayonidagi ishlab chiqarish xarajatlari», 2012-«Suvni etkazib berish jarayonidagi ishlab chiqarish xarajatlari» ishchi schyotlarini kiritish asosida ishlab chiqarish xarajatlarining texnologik jarayonlar bo‘yicha hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zsuvta’minot» AJning hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zsuvta’minot» AJning 2021 yil 11 yanvardagi 05/1-60-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida suv ta’minoti korxonalari ishlab chiqarish xarajatlari hisobini aniqlashtirishga erishilgan;
suv ta’minoti korxonalarida xizmatlar tannarxiga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarni 3130-«Investision xarajatlar» ishchi schyotida hisobga olish bo‘yicha taklifi «O‘zsuvta’minot» AJning hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zsuvta’minot» AJning 2021 yil 11 yanvardagi 05/1-60-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hisob siyosatini yangicha yondashuv asosida shakllantirish, innovatsion xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil qilish samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
aktivlar va passivlarning tarkibini baholashga asoslangan optimal strukturasini ta’minlash orqali suv ta’minoti korxonalarida iqtisodiy tahlili metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zsuvta’minot» AJning hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zsuvta’minot» AJning 2021 yil 11 yanvardagi 05/1-60-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mavjud mablag‘larni to‘g‘ri joylashtirish va boshqarish, suv ta’minoti korxonalari moliyaviy holati yaxshilanishi va investision jozibadorligini oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish