Sheraliev Sherzodjon Eshmaxmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani iflosliklardan tozalash oqimi texnologiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.06.02–To‘qimachiik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish (Texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1349.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd 03/30.12.2019.t.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Kuliev Toxir Mamaradjapovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, proffessor, Sarimsaqov Olimjon Sharipjanovich (Namangan muhandislik-texnologiya instituti); texnika fanlari nomzodi, dotsent Ismailov Alisher Abdulxaevich (Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta xom ashyosini iflos aralashmalardan samarali tozalashning takomillashtirilgan oqimli texnologiyasini ishlab chiqish, uning tozalash samaradorligini oshirish uchun prujinali paxta yo‘naltirgichi va konusli kolosniklarni parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalashning oqimli texnologiyasi ishlab chiqilgan;
paxtani mayda iflosliklardan tozalashda uni titish jarayonini amalga oshirish uchun qo‘shimcha qoziqli barabanli sxemasi taklif etildi va prujinali paxta yo‘naltirgichi ishlab chiqilgan;
paxtani yirik va mayda iflosliklardan tozalash mashinasining dinamik modellarini tuzish usullari ishlab chiqildi va ularning echimi asosida yo‘naltirgichning tebranish va prujinaning dissipativ qonuniyatlari olingan;
paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasining arrachali barabanlariga olti qirrali konusli kolosniklar taklif etilgan va ularni kolosnikli panjarada joylashtirish sxemasi ishlab chiqilgan;
paxta va chiqindi bo‘laklari konussimon kolosnik sirtiga urilish burchagini aniqlash ifodasi olingan va bog‘liqlik grafiklari qurilgan, ularning tahlili asosida maqbul qiymatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:
takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
mayda va yirik iflosliklardan tozalovchi mashinalar uchun ishlab chiqarilgan prujinali yo‘naltirgichi va olti qirrali konussimon kolosniklarga dastlabki talablar tasdiqlangan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2021 yil 10 iyundagi № FT-18/1006 ma`lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosini tozalash samarasi yuqori navlarda 6.8 % ga past navlarda 8.0 % ga yaxshiroq tozalashga erishilgan.
mayda va yirik iflosliklardan tozalovchi mashinalar uchun ishlab chiqarilgan prujinali yo‘naltirgichi va olti qirrali konussimon kolosniklar Surxondaryo viloyatining “Xayrobot paxta tozalash” AJ da va Sirdaryo viloyatidagi “Boyovut techno sluster” MChJ qoshidagi Boyovut paxta tozalash korxonasining tozalash sexlariga ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2021 yil 10 iyundagi № FT-18/1006 ma`lumotnomasi).
mayda va yirik iflosliklardan tozalovchi mashinasini uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari (texnik topshiriq) “RIM ustaxonasi” MChJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2021 yil 10 iyundagi № FT-18/1006 ma`lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosini tozalash samarasi oshgan, tolani sifatini (navdan navga o‘tishi 0,1-0,2%) yaxshilanishiga erishilgan.