Ismailova Maxbuba Mirxalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1003.
Ilmiy rahbar: Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hisob siyosatiga 9221-“Ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishidan olingan foyda” ishchi schyotini kiritish asosida moliyaviy natijalarning tahliliy (analitik) hisobi takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari hisob siyosatiga moliyaviy hisobotlarni prognoz qilish bosqichini kiritish orqali moliyaviy natijalar bo‘yicha axborot imkoniyatlari oshirilgan;
moliyaviy tahlilda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rentabellik ko‘rsatkichlarini muhimlik darajasi bo‘yicha baholashning axborot ta’minoti tizimi ishlab chiqilgan;
joriy aktivlarning aylanish tezligi va qarz kapitaliga nisbati ko‘rsatkichini kiritish asosida moliyaviy leverijning 5,25 % va sof foydaning mahsulot sotishdan olingan sof tushumga nisbatining 2,03 %ga oshishi hisobiga xususiy kapital rentabelligining 2,08 %ga oshirish imkoniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hisob siyosatiga 9221-“Ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishidan olingan foyda” ishchi schyotini kiritish asosida moliyaviy natijalarning tahliliy (analitik) hisobi takomillashtirish bo‘yicha taklifi «Toshkentdonmahsulotlari» AJning hisob siyosatida o‘z aksini topgan («Toshkentdonmahsulotlari» AJning 2021 yil 15 martdagi 4/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zaxiralar ustidan qat’iy nazorat ta’minlanib, moliyaviy natijalar bo‘yicha axborotlarning shaffofligiga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari hisob siyosatiga moliyaviy hisobotlarni prognoz qilish bosqichini kiritish orqali moliyaviy natijalar bo‘yicha axborot imkoniyatlari oshirish bo‘yicha taklifi «Toshkentdonmahsulotlari» AJ, «Toshkentvino» AJ, «O‘zyog‘moysanoat» uyushmalarining hisob siyosatida o‘z aksini topgan («Toshkentdonmahsulotlari» AJning 2021 yil 15 martdagi 4/189-son, «Toshkentvino» AJning 2021 yil 19 martdagi 02/209-son va «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2020 yil 29 oktyabrdagi 03/3-1172-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy natijalar xususidagi axborotlarning ishonchliligi ta’minlanishiga hamda rentabellik ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri aniqlanishiga erishilgan;
moliyaviy tahlilda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rentabellik ko‘rsatkichlarini muhimlik darajasi bo‘yicha baholashning axborot ta’minoti tizimi ishlab chiqish bo‘yicha taklifi «Toshkentdonmahsulotlari» AJ va «Toshkentvino» AJlari tomonidan tizim korxonalarini tahlil qilish jarayonida foydalanilgan («Toshkentdonmahsulotlari» AJning 2021 yil 15 martdagi 4/189-son va «Toshkentvino» AJning 2021 yil 19 martdagi 02/209-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga jopiy etilishi natijacida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rentabellik ko‘rsatkichlarini qisqa vaqtda aniqlash va to‘g‘ri baholash imkonini bergan;
joriy aktivlarning aylanish tezligi va qarz kapitaliga nisbati ko‘rsatkichini kiritish asosida moliyaviy leverijning 5,25 % va sof foydaning mahsulot sotishdan olingan sof tushumga nisbatining 2,03 %ga oshishi hisobiga xususiy kapital rentabelligining 2,08 %ga oshirish imkoniyati aniqlash bo‘yicha taklifi «Toshkentdonmahsulotlari» AJ tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘z aksini topgan («Toshkentdonmahsulotlari» AJning 2021 yil 15 martdagi 4/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xususiy kapital komponentlari o‘zgarishini uzluksiz va dinamik tarzda nazorat qilish hamda aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy barqarorlikni oshirish imkoniyati yaratilgan.