Utegenova Sarbinaz Turdimuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda audit ishi sifatining nazoratini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt441.
Ilmiy rahbar: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdimumin Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi audit ish sifatining nazoratini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
auditorlik tashkilotlarida ish sifatining tashqi nazoratini “balli baholash” usuli asosida o‘tkazish asoslangan; 
tavakkalchilik darajasi bo‘yicha past, o‘rta, yuqori toifaga hamda sifat darajasi bo‘yicha “qizil”, “sariq” va “yashil” xududlarda joylashgan auditorlik tashkilotlariga ajratib xarita tuzish asosida nazoratni tashkil etish taklif etilgan;
auditorlik tekshiruvlari ishi sifatini auditorlik tashkilotlarida alohida umumiy, ishchi va maxsus ichki audit standartlarni joriy qilish orqali oshirish asoslangan; 
auditorlik tashkilotlarida ichki nazoratni tashkil etish bo‘yicha so‘rovnomani o‘tkazish orqali ichki sifat nazorati tizimining holatini baholash taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda audit ishi sifatining nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
auditorlik tashkilotlarida ish sifatining tashqi nazoratini “balli baholash” usuli asosida o‘tkazish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini baholash jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2021 yil 29 martdagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada, auditorlik tashkilotlarining o‘z faoliyatining sifatini davlat tomonidan professional jamoat birlashmalari va auditorlik tashkilotining o‘zi tomonidan baholash imkonini bergan;
tavakkalchilik darajasi bo‘yicha past, o‘rta, yuqori toifaga hamda sifat darajasi bo‘yicha “qizil”, “sariq” va “yashil” xududlarda joylashgan auditorlik tashkilotlariga ajratib xarita tuzish asosida nazoratni tashkil etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “Audit ish sifatining tashqi nazorati bo‘limi” faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 06/17-03-37-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijada, auditorlik tashkilotlarini sifat darajasiga qarab “qizil”, “sariq” va “yashil” xududlarda joylashgan auditorlik tashkilotlariga ajratib olib xaritasini tuzish nazorat qilishda samaradorlikni oshirgan va vaqtning tejalishiga olib kelgan;.
auditorlik tashkilotlarida alohida umumiy, ishchi va maxsus ichki audit standartlarni joriy qilish orqali auditorlik tekshiruvlari ishi sifatini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2021 yil 29 martdagi 14-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tashkilotlarida sifat nazoratining uslubiy ta’minoti takomillashuviga xizmat qilgan.
auditorlik tashkilotlarida ichki nazoratni tashkil etish bo‘yicha so‘rovnomani o‘tkazish orqali ichki sifat nazorati tizimining holatini baholash taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2021 yil 29 martdagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada, auditorlik tashkilotida sifat nazorati xarajatlarini minimallashtirish hamda auditorlik tashkilotida jarayonlar, usullar va tashkiliy tuzilmaning samarali ishlashini ta’minlash uchun axborotni maqsadli tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish