Muxtorov O‘zbekxon Burxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligida er resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti,  06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2017.4.Ph.D/Iqt.409. 
Ilmiy rahbari:  Sultanov Boxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc); Karamatov Ozodbek Orinboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi qishloq xo‘jaligida er resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er uchastkasining o‘lchami, sifati, pirovard mahsulot bozor narxini hisobga olgan holda er maydonlaridan xo‘jasizlarcha va boshqa maqsadlarda foydalanilganda qo‘llaniladigan jarima miqdorini aniqlashga qaratilgan uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
tuproq bonitet balini oshirishni rag‘batlantiruvchi (Kr) va aksincha jazolovchi (Kj) koeffisientlar orqali sug‘oriladigan erlarning me’yoriy qiymatini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi erlarini sifat jihatidan baholash va ma’lumotlar bazasini shaklllantirish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida “Agro Land” mobil` ilovasi ishlab chiqilgan hamda geoaxborot (GAT) monito-ringini yuritish “Geoxizmat”i faoliyatini tashkil etish asoslangan;
qishloq xo‘jaligida erlarning meliorativ holati va tuproq unumdorligini oshirish maqsadida “Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish Jamg‘armasi”ni tashkil etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida er resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi erlaridan boshqa maqsadda foydalanilganda jarima miqdorlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 maydagi 02-05-5156-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy yondashuvni amaliyotga qo‘llanilishi jarima miqdorini amaldagiga nisbatan  5-6 barobarga yuqori bo‘lib, tuproq unumdorligini qayta tiklash, saqlash va oshirish tadbirlarini moliyalashtirish imkoniyati yaratilgan.
sug‘oriladigan erlarning me’yoriy qiymatini aniqlash asosida tabaqalashtirilgan er solig‘ini hisoblash bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 maydagi 02-05-5156-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Paxtaobod massividagi paxta-g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida tuproq unumdorligini oshirish evaziga er solig‘i yuki o‘rtacha 19,5 foizga kamaygan, aksincha iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llanilganda o‘rtacha 15,9 foizga oshishi asoslangan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarning miqdor va sifat monitoringini raqamlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 maydagi 02-05-5156-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Agro Land” mobil` ilovasi orqali hududlarda qishloq xo‘jaligi erlari monitoringini samarali tashkil etish va qishloq xo‘jaligida geoaxborot monitoringini olib borish “Geoxizmat”i asosida qishloq xo‘jaligi erlarini sifat jihatdan baholash imkoniyati yaratilgan;
qishloq xo‘jaligida erlarning meliorativ holati va tuproq unum-dorligini oshirishga qaratilgan “Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish Jamg‘armasi”ni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 maydagi 02-05-5156-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproqni himoyalovchi tizimlarni amalga oshirgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy rag‘batlantirishda moliyaviy manbalarni shakllantirish imkoniyati ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish