Muzafarova Feruza Baxridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanish tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped556.
Ilmiy rahbar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Mels Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Soxibov Akram Rustamovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanish tizimini aniqlash va amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanishning pedagogik-psixologik jihatlari o‘quvchilarning gender va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda hamkorlikka kirishish sur’ati, darajasi, yo‘nalganligini aniqlashtirish asosida o‘qituvchilarda hamkorlikdagi ta’lim jarayonini tashkil etish ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
faoliyatli yondashuv asosida pedagogik hamkorlik sub’ektlari orasida vujudga keladigan ziddiyatlarni o‘zaro kelishuv, hamkorlikka kirishish, chekinish yoki chetga chiqish hamda moslashish yoki yon berish kabi strategiyalarning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq hal etish yo‘llari aniqlashtirilgan;
faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanish darajasini baholash mezonlari ta’lim sub’ektlarining shaxsiy sifatlari (mustaqil fikrlash, muammolarga tabiiy echimlar izlash, bir-birlarining fikrlarini qo‘llab-quvvatlash, muvaffaqiyatga xissa qo‘shishga intilish, g‘alabadan faxrlanish)ni individual rivojlanish traektoriyasi bilan integratsiyasini ta’minlash asosida o‘qituvchilarda hamkorlikdagi ta’lim jarayonini tashkil etish ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanishning didaktik shart-sharoitlari (didaktik xususiyatlari, amalga oshirish bosqichlari, texnologiyalari)ni aniqlash asosida o‘quvchilarning hamkorlikka kirisha olish va o‘quv hamkorligi faoliyatini tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanish tizimini aniqlash yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari, didaktik xususiyatlari, amalga oshirish bosqichlari, texnologiyalarini aniqlash orqali o‘quvchilarning hamkorlikka kirisha olish va faoliyatini tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid takliflaridan F1-XT-1-55237-raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi (2012-2016 yillar) fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 01/15-09/125-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar “Pedagogika” ensiklopediyasini tayyorlash, ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanishning ilmiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanishning pedagogik-psixologik jihatlari o‘quvchilarning gender va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda hamkorlikka kirishish sur’ati, darajasi, yo‘nalganligini aniqlashtirish asosida o‘qituvchilarda hamkorlikdagi ta’lim jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid takliflaridan F1-XT-1-31247-raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi (2012-2016 yillar) fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 01/15-09/125-son ma’lumotnomasi). Natijada faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalaridan foydalanish darajasini baholash mezonlari ta’lim sub’ektlarining shaxsiy sifatlari (mustaqil fikrlash, muammolarga tabiiy echimlar izlash, bir-birlarining fikrlarini qo‘llab-quvvatlash, muvaffaqiyatga xissa qo‘shishga intilish, natijadan faxrlanish)ni individual rivojlanish traektoriyasi bilan integratsiyasini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
faoliyatli yondashuv asosida pedagogik hamkorlik sub’ektlari orasida vujudga keladigan ziddiyatlarni o‘zaro kelishuv, hamkorlikka kirishish, chekinish yoki chetga chiqish hamda moslashish yoki yon berish kabi strategiyalarning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq xal etish yo‘llari bilan bog‘liq xulosalardan 5112000-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishlarida “Gimnastika i metodika prepodovaniya” nomli o‘quv qo‘llanmaning nazariy va amaliy masalalarini boyitishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-109 raqamli guvohnoma). Natijada o‘quv qo‘llanma o‘qitishning sifati va samaradorligi va o‘quv materiallarini takomillashtirishga xizmat qilgan.