Yuldashev Iqboljon Shukuralievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Grapholitha molesta Busck feromoni sintezi», 02.00.03 - Organik kimyo; 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K310.
Ilmiy rahbar: Xaitbaev Alisher Xamidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Tursunali Suyunovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Matchanov Olimjon Davlatbaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Grapholitha molesta Busck feromonini sintez qilish va boshlang‘ich dala sinovlarini o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Grapholitha molesta Busck feromonining eng asosiy komponentlari hisoblangan aralashma holdagi 8-sis va 8-trans dodesenil atsetatlari sintez qilingan;
Grapholitha molesta Busck feromoni tarkibidagi aralashma holdagi 8-sis va 8-trans dodesenil atsetat va oraliq moddalar xosil bo‘lish reaksiyalarining yo‘nalishi va maxsulotlarning unumiga turli omillarning ta’siri, regioselektiv reaksiyalarning borish sharoitlarini aniqlangan;
ilk bor sintetik feromon sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan 8-sis va 8-trans dodesenil atsetatlarning miqdor nisbatlar tarkibi aniqlangan;
ilk bor oktandiol-1.8 bilan tetrametilammoniy bromidning mol` nisbati 1:0.25 olinganda reaksiya mahsulotlari tarkibida 8-bromoktanol-1 hosil bo‘lish unumi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Grapholitha molesta Busck feromoni sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilib olingan moddalar asosida tayyorlangan feromon tutqichlar Grapholitha molesta Busck ga qarshi Farg‘ona va Andijon viloyatlari bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq hujaligi vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 02/025-4016-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaftoli mevalarining zararlanish darajasi 30-40% ga kamayishi va nazoratga nisbatan 15% yukori hosil saqlab qolish imkonini bergan;
Zagreb (Xorvatiya) universiteti CIII-SI-0905-01-1920 raqamli "Training and research in environmental chemistry and toxicology" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida sintez qilingan 8-sis va 8-trans dodesenil atsetatlari NMR va GC/MS spektroskopiyasi yordamida tuzilishi, sis- va trans- izomerlarning feromon tarkibidagi nisbati xamda reaktivlarning reaksiyaga kirisha olish xususiyatidan foydalanilgan (Xorvatiyaning Zagreb universitetining 2021 yil 21 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilish usullari turli xil feromonlar sintezida sis- va trans- izomerlar aralashmasini olish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish