Ibodullaev Abrorjon Axrorjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish («Toshkent» respublika fond birjasi misolida)», 08.00.07- Moliya, pul muomalasi va kredit, (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.3.PhD/Iqt1429.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining Stock Market segmentida «Premium» va «Standard» toifalarini amaliyotga joriy etish asosida mazkur toifalarga kirish talabi ishlab chiqilgan hamda listing toifalari optimallashtirilgan; 
fond birjasining «Premium» listing toifasi (Stock Market) uchun emitent sof foydasining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini dividendlarga yo‘naltirish tartibini kiritish orqali aksiyalar likvidligini oshirish va aksiyadorlik jamiyatlarida dividend hisoblash takomillashtirilgan;
obligatsiyalar bozorida (Bond Market) mas’uliyati cheklangan jamiyatlari (MChJ) tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalarni birjada erkin savdosini tashkil etish asosida uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy instrumentlari takomillashtirilgan;
uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorida har kalendar` yili uchun listing kompaniyalari qimmatli qog‘ozlari bilan tuziladigan bitimlarining umumiy soni 100 tadan kam bo‘lmasligi asosida aksiyalar bozorida real bitimlar tuzilishi va ularning shaffof va ishonchli bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining Stock Market segmentida «Premium» va «Standard» toifalarini amaliyotga joriy etish asosida mazkur toifalarga kirish talabi ishlab chiqilgan hamda listing toifalari optimallashtirish bo‘yicha taklifi «Toshkent» RFB kuzatuv kengashining 2020 yil 9 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ««Toshkent» Respublika fond birjasi kotirovka varag‘i to‘g‘risida»gi nizomda o‘z aksini topgan («Toshkent» RFBning 2020 yil 30 dekabrdagi 01/17-07-851-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida fond birjasining kotirovka varag‘i xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozoridagi listing toifalari tajribalari tahlili asosida takomillashtirilgan; 
fond birjasining «Premium» listing toifasi (Stock Market) uchun emitent sof foydasining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini dividendlarga yo‘naltirish tartibini kiritish orqali aksiyalar likvidligini oshirish va aksiyadorlik jamiyatlarida dividend hisoblash takomillashtirish bo‘yicha taklifi «Toshkent» RFB kuzatuv kengashining 2020 yil 9 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ««Toshkent» Respublika fond birjasi kotirovka varag‘i to‘g‘risida»gi nizomda o‘z aksini topgan (Toshkent» RFBning 2020 yil 30 dekabrdagi 01/17-07-851-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlarni hisoblash tartibi takomillashtirilgan;
obligatsiyalar bozorida (Bond Market) mas’uliyati cheklangan jamiyatlari (MChJ) tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalarni birjada erkin savdosini tashkil etish asosida uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy instrumentlari takomillashtirish bo‘yicha taklifi «Toshkent» RFB kuzatuv kengashining 2020 yil 9 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ««Toshkent» Respublika fond birjasi kotirovka varag‘i to‘g‘risida»gi nizomda o‘z aksini topgan (Toshkent» RFBning 2020 yil 30 dekabrdagi 01/17-07-851-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga tadbiq etilishi natijasida MChJ shaklidagi emitentlarning korporativ obligatsiyalari fond birjasi instrumentlari tarkibiga kiritilgan va muomalada yangi moliyaviy instrumentlarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratilgan; 
uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorida har kalendar` yili uchun listing kompaniyalari qimmatli qog‘ozlari bilan tuziladigan bitimlarining umumiy soni 100 tadan kam bo‘lmasligi asosida aksiyalar bozorida real bitimlar tuzilishi va ularning shaffof va ishonchli bo‘lishini asoslash bo‘yicha taklifi «Toshkent» RFB kuzatuv kengashining 2020 yil 9 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ««Toshkent» Respublika fond birjasi kotirovka varag‘i to‘g‘risida»gi nizomda o‘z aksini topgan (Toshkent» RFBning 2020 yil 30 dekabrdagi 01/17-07-851-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyalar bozorida real bitimlar tuzilishiga va mazkur bitimlarning shaffof hamda ishonchli bo‘lishiga erishilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                