Raxmanov Saparboy Zaripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vaqtga bog‘liq qopqonlarda vodorod atomida kvant dinamika va nochiziqli optik jarayonlarni modellashtirish», 01.04.02 – «Nazariy fizika» va 01.04.05 – «Optika» (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/FM200.
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matrasulov Davron Urunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM.01.09
Rasmiy opponetlar: Sapaev Usman Kalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori; Bayzakov Baxtiyor Bayzakovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi statsionar va nostatsionar qopqon ichiga joylashtirilgan atomning kvant xossalarini o‘rganish, to‘lqin funksiya va energetik spektrning modifikatsiyasini aniqlash, tashki optik maydon bilan ta’sirlashuvchi qopqondagi atomda optik garmonika generatsiyasini aniqlash, to‘lqin tenglamalarning “atom + qopqon” sistemasi uchun nostatsionar Shredinger tenglamasini echish, bunday sistemada kvant rejimda xosil bo‘lgan yuqori garmonika spektrni xisoblash.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi:
xarakatlanuvchi chegarali o‘ra ichiga joylashtirilgan vodorod atomining dinamikasini tavsiflovchi vaqtga bog‘liq chegaraviy shartlarga ega nostatsionar Shryodinger tenglamasining echimi topilgan;
vaqtga bog‘liq ravishda radiusi uzgaruvchi  sferik qopqon ichiga joylashtirilgan zarracha va atomni kvant dinamikasini tavsiflovchi vaqtga bog‘liq chegaraviy shartlarga ega uch o‘lchamli Shryodinger tenglamasining echimi topilgan;
(Statsionar qopqon uchun) energetik spektr va harakatlanuvchi devorli sferik qopqonda devorlar xarakatining turli xil (chiziqli kengayuvchi, chiziqli torayuvchi va garmonik tebranuvchi) rejimlar uchun undagi atom elektroni o‘rtacha kinetik va to‘liq energiyalarining vaqtga bog‘liqligi  xisoblangan;
tashqi elektromagnit maydon ta’siridagi sferik qopqonda chegaralangan atom kvant dinamikasini tavsiflovchi nostatsionar Shryodinger tenglamasining echimi topilgan;
sferik qopqonda tashqi optik maydon bilan ta’sirlashadigan atom uchun yuqori garmonika generatsiya spektri xisoblangan;
tashqi optik PT-simmetrik potensial bilan ta’sirlashayotgan PT-simmetrik kvant konfaynment sistemaning modeli taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Del`ta zarbalar mavjud bo‘lganda Shredinger tenglamasining dissertatsiyada taklif qilingan echilish metodi vaqt bo‘yicha davriy tashqi maydon bilan ta’sirlashuvchi PT-simmetrik sistemalarda kvant zarralarning dinamikasini modellashtirish uchun O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligining "Tarmoqlangan uglerod nanostrukturalarida kvant transporti" nomli (BF2-022) granti doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Fizika Jamiyati 21.09.2020 №3/02-11 ma’lumotnoma);
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va amaliy tadbiqi haqida Esseks universiteti (Buyuk Britaniya) va Xalifa universiteti (Birlashgan Arab Amirligi) professori Hadi Suzanto (Hadi Susanto) dan ma’lumotnoma olindi.
Nanoo‘lchamli kovakda chegaralangan atomda yuqori garmonika generatsiyani o‘rganish natijalari xorijiy jurnalda (European Physical Journal D Volume: 75   Issue: 6     Article Number: 166 Published: JUN 2021. Scopus, IF: 1.425) foydalanilgan.
Bir o‘lchamli o‘rada juftlik alamashtirish va vaqt akslantirishga nisbatan simmetrik zarbali zarracha kvant dinamikasini o‘rganish natijalari xorijiy jurnallarda (New Journal Of Physics  Volume: 22 Issue: 10  Article Number: 103011  Published: OCT 2020. Scopus, IF: 3.729; arXiv:2103.05314v2, 2021.) foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish