Karimjanova Nargiza Ilxamdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali glomerulonefritli bolalardaa ko‘ruv a’zosi xolatini klinik-funksional baxolash» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib889.
Ilmiy raxbar: Kamilov Xolitdjon Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdraxmanova Sagira Toksanbaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Astana). 
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston respublikasi “Faxriy yorliq” qozoq ordeni nomli ko‘z kasalliklari ilmiy tekshirish instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalardagi surunkali glomerulonefritda patogenetik terapiya uslubi bilan korreksiyalashdan oldin va keyingi ko‘ruv a’zolaridagi o‘zgarishlarni tashxislash va davolashga yangicha yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali glomerulonefritni bolalarda kechishi, ko‘rish o‘tkirligi, ko‘zlar va buyraklar kon tomirlardagi makro- va mikrogemodinamika, mikrotsikulyasiya buzilishlari orasida korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan; 
surunkali glomerulonefritli bolalarda kompleks tekshirishlar asosida ko‘zlarninig shikastlanishlarining klinik-funksional tavsifi ishlab chiqilgan;
bolalarda surunkali glomerulonefritda ko‘zlar va buyraklar tomirlarida makro- va mikrogemodinamika buzilganligi asoslangan;
bolalarda surunkali glomerulonefritda ko‘ruv a’zosidagi o‘zgarishlarni patogenetik yo‘naltirilgan davolash ko‘zdagi morfofunksional o‘zgarishlarni inobatga olgan holda takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘ruv a’zosi o‘zgarishlarini erta aniqlash, shuningdek surunkali glomerulonefritni davolash uslublarini takomillashtirish borasida olingan natijalar asosida:
surunkali glomerulonefritda bolalar ko‘rish a’zolari o‘zgarishlarini tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Surunkali glomerulonefritda bolalar ko‘rish a’zolari o‘zgarishlarini erta tashxislash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi 8n-r/306-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali glomerulonefritli bolalarda ko‘rish buzilishlarining tashxisiy va bashorat mezonlarini uz vaqtida aniqlash va ularning samarali davolashga  imkon bergan;    
surunkali glomerulonefritda bolalar ko‘rish a’zolari o‘zgarishlarini erta aniqlash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon, Navoi va Surxondaryo viloyat oftal`mologiya shifoxonalari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi 8n-r/306-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar surunkali glomerulonefritli bemorlarda ko‘rish a’zolari o‘zgarishlarini erta tashxislash va xavfli asoratlarni oldini olish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish