Shirinov Djamolitdin Nuridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umurtqa pog‘ona ustunining anatomik xususiyatlari va uning bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1252.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna tibbiet fanlari doktori; Rasulov Xamidulla Abdullaevich tibbiet fanlari doktor, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umurtqa pog‘onasi ustunining morfometrik parametrlari hamda uning bolalarning yoshiga bog‘liq ravishda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini aniqlash va qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarning yoshi, umurtqa pog‘onasining me’yoriy morfometrik parametrlari chegaralari o‘sish va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ilk bor morfometrik ko‘rsatkichlarning yoshga xos xususiyatlari va umurtqa pog‘onasi turli qismlarida tizimli o‘zgarishi asoslangan;
morfometrik parametrlarning nisbati umurtqa pog‘onasining turli qismlarida yosh va jinsga qarab o‘zgarishi isbotlangan;
11-13 yoshgacha suyaklanish jarayoni intervertebral disklarda boshlanishi, ular hajmi kamayishi, umurtqalararo bo‘shliqlar ko‘payishi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda intervertebral disklar butun umurtqa pog‘onasi uzunligining yarmiga teng kelishi aniqlangan;
sog‘lom o‘g‘il va qizlarda umurtqa pog‘onasi, umurtqa kanali va qirrasimon o‘simta hosil bo‘lishi, bo‘yin, ko‘krak, bel va dumg‘aza-dum bo‘limlarining ravojlanishi, ular jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan mutanosibligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Umurtqa pog‘onasining morfometrik tavsifi va uning bolalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
umurtqa pog‘onasi morfometrik ko‘rsatkichlari va jismoniy rivojlanish parametrlari bilan bog‘liqligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qiz va o‘g‘il bolalardagi umurtqa pog‘onasining morfometrik parametrlarini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-r/578-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda morfometrik parametrlarni yoshga nisbatan o‘zgarishini aniqlash imkonini bergan;
bolalar umurtqa pog‘onasi morfometrik tavsifi va uning bolalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali va Buxoro bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 martdagi 8n-d/80-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi antropometrik ko‘rsatkichlar ontogenezning alohida bosqichlarida o‘sish jarayonlari va shakllanish bosqichlari nisbatlarini, ya’ni Buxoro viloyatidagi bolalar o‘rtasida o‘sish jarayonining xususiyatlarini aniqlashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish