Ibragimova Komila Sadriddin qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Inulinni ba’zi bir aminosaqlovchi birikmalar bilan ta’siri», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.4.PhD/K150.
Ilmiy rahbar: Raxmanberdiev Gappar, kimyo  fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi  DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maksumova Oytura Siddikovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir vaqtda qondagi qand moddasi miqdorini kamaytiruvchi va sil kasalligini davolovchi, makromolekulasida izoniazidin guruhi saqlagan polisaxarid - inulin asosida fiziologik faol polimer tizimlarini sintez qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy «Fayz-baraka» topinambur navidan olingan inulin molekulasiga dial`degid guruhini kiritish bilan reaksion faolligi yuqori bo‘lgan xosilalari olingan;
inulin va tubazid asosida, qand miqdorini kamaytiruvchi va sil kasalini davolash xususiyatlariga ega bo‘lgan fiziologik faol polimerlar olishning  ma’qbul sharoitlari aniqlanib, reaksiya mexanizmlari asoslangan;
inulin asosida makromolekula bo‘yicha izonid saqlovchi polimer tizimlar sintez qilishning kinetikasi aniqlangan;
polimer tizimlarning silga qarshi faolligi ularning molekulyar parametrlariga bog‘liqligi asoslangan;
kam zaharli, qand miqdorini kamaytiruvchi, uzaytirilgan zanjirli, silga qarshi makromolekulyar polimerlar tarkibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Inulinni modifikatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aminsaqlovchi birikmalar bilan modifikatsiyalab olingan tubazid inulin preparati «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 dekabrdagi 02/23-1824-son ma’lumotnomasi). Natijada, tubazid inulin mikroblarga qarshi 46 % faol va sil kasalliklarni davolash vaqtini 34% kamaytirish imkonini bergan; 
sil kasalligini davolovchi fiziologik faol tubazid inulin preparati «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 dekabrdagi 02/23-1824-son ma’lumotnomasi). Natijada, sil kasalligini davolash uchun tanlab ta’sir qiluvchi, zararsiz va ta’siri uzaytirilgan, in vivo tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchi dori vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish