Narzulloev Oybek Mirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fraktal tuzilishli ob’ektlarni analitik usullar yordamida geometrik modellashtirish», 05.01.01- Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1933
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Djumanov Jamoljon Xudayqulovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Muxiddinov Muhriddin Nuriddin o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fraktal tuzilishli ob’ektlarni geometrik almashtirishlar hamda analitik R-funksiya (RFM) va arifmetik xususiyatli binomial ko‘phadlar nazariyasi usullari orqali geometrik modellashtirishning usul va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
analitik konstruksiyaviy R-funksiya usulida (RFM) fraktal tuzilishli ob’ektlarni geometrik modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
Paskal` uchburchakli tuzilmalar va tub sonli fraktal ko‘rinishdagi tasvirlarni vizuallashtirish usullari va algoritmlari ishlab chiqilgan; 
fraktal tuzilishli ob’ektlarning kompyuter grafikasining ko‘chuvchi, buruvchi, masshtablovchi va akslantiruvchi geometrik almashtirishli diskret geometrik modellashtirish usuli va algoritmi yaratilgan; 
fraktal tuzilishli ob’ektlarning analitik usulda vizuallashtirishni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositani sxematik tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
analitik konstruksiyaviy R-funksiya usuli (RFM) va Paskal` uchburchakli tuzilmalar hamda tub sonlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita «SAMARQAND PRODUCTS» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 33-8/2962-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy gilamlarning naqsh shakllarini ishlab chiqishda, ularning dizaynini loyihalashda fraktal ko‘rinishdagi zamonaviy naqsh shakllantirishni avtomatlashtirish va ishlab chiqarishni 10% -15% ga oshirish va mehnat hajmini kamaytirish imkonini bergan;
kompyuter grafikasining geometrik almashtirishlari yordamida fraktal tuzilishli tasvirlarni geometrik modellashtirish usullari va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy vosita «BELKIS KARPET» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 33-8/2962-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotning sifatini va xaridor talabidagi naqsh shaklining rangini keng qamrovda o‘zgartirish orqali mahsulotga bozor talabini 1,1-1,2 martaga oshirish imkonini bergan;
Paskal` uchburchagi asosidagi algebraik tuzilmalar va tub sonlar nazariyasini hisobga olgan holda fraktal ko‘rinishdagi tasvirlarni qurish algoritmlari bazasiga ega bo‘lgan dasturiy vosita «BRILLIANT CONCEPT» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 33-8/2962-son ma’lumotnomasi). Natijada bino va inshootlarning jihozlanishi hamda dizaynini bezatishda foydalaniladigan inter`er va ekster`er bezak shakllarini yaratish uchun ketadigan vaqtni o‘rtacha 15% ga qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish