Urolov Shamsiddin Zayniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rux oksidi nanostrukturalari optik xossalariga tashqi muxit ta’sirini tadqiq qilish”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM575
Ilmiy rahbar: Shaymardanov Zafar Shapaatovich fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSs.02/30.12.2019.FM.65.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nematov Sherzod Qalandarovich, fiz.-mat. fanlari doktori, professor; Maxmanov Urol Kudratovich, fiz.-mat. fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli usullarda ZnO nanostrukturalarini sintez qilish, ularning morfologik xarakteristikalarini hamda turli tashqi ta’sirlar natijasida optik xossalari o‘zgarishlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
past haroratda gidrotermal usulda ZnO nanorodlari o‘stirilganda ularning morfologik xususiyatlari tagliklar yuzasida avvaldan hosil qilingan nanokristal kurtaklarning o‘lchamlariga va sintez jarayonida eritmaning butun hajmida gomogen reaksiya natijasida hosil bo‘luvchi nanokristal kurtaklarga bog‘liq ekanligi aniqlandi;
ZnO nanostrukturalarining fotolyuminessensiya spektrlari nanostrukturalarni sintez qilish usuliga va ularning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib, nanostrukturalar sirt yuzasining hajmiga nisbati ortib borishi bilan fotolyuminessensiya spektridagi nurlanish polosalarining maksimumlari kichik to‘lqin uzunligi tomonga siljishi aniqlandi;
gidrotermal usulda sintez qilingan ZnO nanorodlari ultrabinafsha nur yordamida uyg‘otilganda ularning fotolyuminessensiya spektridagi ~382 nm to‘lqin uzunligidagi nurlanish asosan nanorodlarning yuqori uch qismidan chiqadi, ~405 nm to‘lqin uzunligidagi binafsha nurlanishni hosil qiluvchi nurlanish markazlari nanorodlarning yon sirti yaqinida joylashadi, natijada, binafsha nurlanish nanorodlarning yon sirtidan chiqishi aniqlandi;
katta quvvatli nanosekund davomiylikdagi impulsli ul`trabinafsha lazer nuri ta’sirida ZnO nanorodlarida paydo bo‘luvchi spontan nurlanish uyg‘otuvchi nurning quvvat zichligi ortishi bilan kuchayadi. Uyg‘otuvchi nurning quvvat zichligi ortishi bilan spontan nurlanish polosasi yarimkengligi va uning davomiyligi bir vaqtda qisqarishi aniqlandi;
past haroratda suvli eritmalarda sintez qilingan ZnO nanostrukturalarini yuqori haroratda qizdirish orqali ularning kristal strukturasidagi nuqsonlar konsentratsiyasini kamaytirishning optimal temperaturalari aniqlandi;
gidrotermal usulda sintez qilingan ZnO nanorodlari atrof atmosfera bilan ta’sirlashish natijasida nanorodlarning sirt holati o‘zgarishining optik xarakteristikalarda namoyon bo‘lishi o‘rganildi;
gidrotermal usulda sintez qilingan ZnO nanorodlarining fotolyuminessensiya spektrida kuzatiladigan nurlanish polosalari parametrlarining harorat ta’sirida o‘zgarish qonuniyatlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
past haroratda suvli eritmalarda sintez qilingan ZnO nanostrukturalarining optik xossalariga tashqi muhitning ta’sirini o‘rganish natijalari xorijiy jurnallarda (Nanoscale Advances 2, 2114- 2126 2020. Scopus, IF: 4,553; Materials Science in Semiconductor Processing Vol.115, 15 105128 2020, Scopus, IF: 3.927; Optical Materials 96 109307 (2019). Scopus, IF: 3.080; Superlattices and Microstructures 3. 106731. 2020, Scopus, IF: 2.658; Journal of Vacuum Science & Technology A 37, 061514 2019. Scopus, IF: 2.427) ZnO nanostrukturalarining FL spektriga sintez qilish sharoitining ta’sirini, nanostrukturalar tashqi sirtining atrof muhit bilan ta’sirlashishini o‘rganishda foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish ZnO nanostrukturalarida kuzatiladigan xususiy nuqsonlar tabiatini fotolyuminessent spektroskopiya usulida o‘rganishga imkon bergan.
past haroratda suvli eritmalarda sintez qilingan ZnO nanostrukturalarining morfologik va optik xossalariga sintez shartlarining ta’sirini o‘rganishda olingan tajriba natijalari Janubiy Koreya Respublikasi Dongguk Universiteti (Nanoinformation Technology Academy, Department of Physics and Semiconductor Science Dongguk University) da №. 2018R 1D1A1B07050237 ilmiy loyihasida foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish turli kristal strukturaga ega rux oksidi nanostrukturalarini sintez qilish jarayonlarini texnologik tomondan chuqurroq o‘rganish va past haroratda gidrotermal usulda mukammal kristal strukturaga ega ZnO nanorodlarini o‘stirish imkonini bergan.