Muxitdinov Shoxijaxon Xudoyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloqda kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini AKTdan foydalanib oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1154.
Ilmiy rahbar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari univesiteti Qarshi filialida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq joylarida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini AKTdan foydalanib oshirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’sirida raqamli transformatsiya jarayonini hisobga olgan holda “kommunal xizmat ko‘rsatish” va “smart kommunal xizmatlar” tushunchalari takomillashtirilgan;
qishloq joylarida innovatsion kommunal xizmatlarni yaratishda raqamli video devor (ulkan xarita) asosiy elementlari (ma’lumotlar bazasi serveri, veb-server, SMS-shlyuz va MTT serveri) dan tashqari, elektron to‘lov nazorat mobil telefonlari, mobil operatorlar, internet tarmog‘i va ish stansiyalaridan foydalanish sxemasi ishlab chiqilgan;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida AKTdan foydalanish sifatini oshirish maqsadida “Smart kommunal xizmat ko‘rsatish” markazlarining elektron bazasining funksional tuzilmasi va uning funksional talablari ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyati qishloq joylarda uy-joy kommunal xo‘jaligiga bog‘liq xizmatlar sifatini oshirishning 2021-2025 yillar davomidagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq joylarida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini AKTdan foydalanib oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’sirida raqamli transformatsiya jarayonini hisobga olgan holda “kommunal xizmat ko‘rsatish” va “smart kommunal xizmatlar” tushunchalariga berilgan ta’rifi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 03 maydagi 01/16-1989-son ma’lumotnomasi). Natijada, “kommunal xizmat” va “smart kommunal xizmat” tushunchalarining mazmunini tizimli va kengroq tushunish orqali kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini samarali boshqarish imkonini bergan;
qishloq joylarida innovatsion kommunal xizmatlarni yaratishda raqamli video devor (ulkan xarita) asosiy elementlari (ma’lumotlar bazasi serveri, veb-server, SMS-shlyuz va MTT serveri) dan tashqari, elektron to‘lov nazorat mobil telefonlari, mobil operatorlar, internet tarmog‘i va ish stansiyalaridan foydalanish ishlab chiqilgan sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 03 maydagi 01/16-1989-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu modeldan foydalanish kommunal xizmatlar sifat darajasini aniqlash hamda sohani barqaror rivojlantirish uchun aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini berdi;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida AKTdan foydalanish sifatini oshirish maqsadida “Smart kommunal xizmat ko‘rsatish” markazlarining elektron bazasining funksional tuzilmasini takomillashtirish takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 03 maydagi 01/16-1989-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq joylarda ham kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi sifatini oshirish maqsadida va uning tarmoqlarini AKTdan foydalanish darajasini baholash, raqamlashtirish holatiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlash hamda raqamli transformatsion jarayonlarini jadallashtirish imkoniyat yaratgan;
Qashqadaryo viloyati qishloq joylarda uy-joy kommunal xo‘jaligiga bog‘liq xizmatlar sifatini oshirishning 2021-2025 yillar davomidagi prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 03 maydagi 01/16-1989-son ma’lumotnomasi). Natijada 2025 yilda Qashqadaryo viloyatida uy-joy kommunal xizmatlar hajmi 2020 yilga nisbatan 1,83 barobar o‘sishi va texnik sinash va uy-joy qurilish xizmatlarga bog‘liq xizmat ko‘rsatish hajmi 2020 yilga nisbatan 2025 yilga borib esa 2,78 barobarga oshishi prognoz qilingan.