Alimov Botu Babirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimida Prezident va Vazirlar Mahkamasining munosabatlari», 12.00.02–Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Yu1.
Ilmiy rahbar: Xusanov Ozod Tillabaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Rahimov Abdumannob Qo‘zievich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimida Prezident va Vazirlar Mahkamasi munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bosh vazir lavozimiga nomzod tomonidan parlamentda uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda taqdim etiladigan Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida eshitilishi maqsadga muvofiqligi haqidagi taklif asoslangan;
Vazirlar Mahkamasining yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishining tartibi va muddatini qonunchilikda belgilash lozimligi to‘g‘risidagi taklif asoslab berilgan;
Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risida Oliy Majlis palatalari o‘zlarining majlislarida tegishli qarorlarni qabul qilishlari maqsadga muvofiqligi haqidagi taklif asoslangan;
Bosh vazir nomzodi to‘g‘risidagi taklif parlament saylovida eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan saylov yakunlari matbuotda e’lon qilinganidan so‘ng aniq muddat oralig‘ida Prezidentga taqdim etilishi kerakligi yuzasidan taklif asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimida Prezident va Vazirlar Mahkamasi munosabatlari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bosh vazir nomzodi tomonidan taqdim etiladigan Vazirlar Mahkamasi harakat dasturining «Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida» eshitilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasi beshinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 25 maydagi 06-20/264-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi 06/1-05/692-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif Bosh vazirni tasdiqlash jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik normalari o‘zaro muvofiqligining ta’minlanishi va Hukumatni shakllantirish jarayonining takomillashishiga xizmat qildi;
Vazirlar Mahkamasining yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish institutining batafsil tartib-taomillarini qonunchilikda belgilash lozimligi to‘g‘risidagi taklif «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasi o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi qismlarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 25 maydagi 06-20/264-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi 06/1-05/692-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif Hukumatning oliy vakillik organi oldidagi javobgarligi huquqiy mexanizmlarining mukammallashishiga xizmat qildi;
Parlament saylovida g‘olib chiqqan siyosiy partiya tomonidan Bosh vazir nomzodi «Qonunchilik palatasiga saylovlar yakunlari to‘g‘risidagi axboroti va saylangan deputatlar ro‘yxati matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddatdan kechiktirmay» taqdim etilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunning 4-moddasi uchinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 25 maydagi 06-20/264-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi 06/1-05/692-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif Bosh vazirni tasdiqlash jarayonida siyosiy partiyalarning ishtiroki bilan bog‘liq jarayonlarning batafsil tartibi va muddatlarining mustahkamlanishiga xizmat qildi.