Tashnazarov Djasur Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich guruh yunon-rum kurashchilarning texnik usullarga o‘rgatishda modellashtirishning samaradorligini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1480.
Ilmiy rahbar: Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizov Nosir Nematillaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi yunon-rum kurashchilarining texnik harakatlarga o‘rgatish uslubini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yunon-rum kurashchilarni musobaqa bellashuvidagi hujum harakatlarini takomillashtirishda ko‘p kuch sarf qilinadigan mashqlarni kichik darajadagi yuklamaga moslashtirib o‘rgatish hisobiga bellashuv jarayonida shoh usullarni bajarish imkoniyati kengaytirilgan;
yunon-rum kurashchilarining bellashuvlardagi murakkab vaziyatlarda raqibning zarb bilan yiqitish usullaridan tarkib topgan xujum harakatlariga qarshi qayirib yiqitish usullari bilan himoyalanish hisobiga texnik usullar arsenalidan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
yunon-rum kurashda antropometrik o‘lchamlari uzun bo‘lgan raqib bilan bo‘ladigan bellashuvga taktik tayyorgarlikni takomillashtirishda parterga tushurish texnik usullarini boshlang‘ich fazalari bilan himoyalanish hisobiga bellashuvdagi qarshi hujum harakatlarini tuzish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yunon-rum kurashchilarni tik turib bajariladigan qiyin harakatlarga tayyorlashda raqib tomonidan ko‘krakdan oshirib tashlash usulini bajarishiga qarshi hujum harakatida beldan oshirib tashlash usulidan foydalanish hisobiga musobaqa bellashuv jarayonida texnik-taktik harakatlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yunon-rum kurashchilarning  maxsus jismoniy sifatlarini takomillashtirish va texnik harakatlarga o‘rgatish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tgazilgan tajribalar asosida:
yunon-rum kurashchilarning musobaqa faoliyati hususiyatlarini tahlil etishda sportchilarning texnik harakatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Sport pedagogik mahoratini oshirish yunon-rim kurashi bo‘yicha (2-jild)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug‘i, 654-077 raqamli guvohnoma). Natijada, tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchilarining musobaqa faoliyati va texnik tayyorgarlik bo‘yicha 4 ta ko‘rsatkich 16%ga yaxshilangan; 
yunon-rum kurashchilari tomonidan texnik usullarni bajarish uchun sarflangan vaqt ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internatining erkin kurash ixtisosligi bo‘yicha tahsil oluvchi yunon-rum kurashchilarning mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan «Bolalar va o‘smirlar sport maktabi» o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 02-07-08-1990-son ma’lumotnomasi). Natijada, qarshi hujumda muvaffaqiyatli bajarilgan texnik usullar 16,5% ga oshgan;
yunon-rum kurashchilarining musobaqa faoliyatida qo‘llagan oddiy va murakkab hujum harakatlarining ijrosini ta’min-lovchi samarali texnik harakat elementlarini modellashtirish asosida ishlab chiqilgan texnik usullar majmuasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Sport pedagogik mahoratini oshirish yunon-rim kurashi bo‘yicha (2-jild)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan «Bolalar va o‘smirlar sport maktabi» yunon-rum kurashchilarida o‘tgaziladigan o‘quv-mashg‘ulot jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 02-07-08-1990-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhi kurashchilari tomonidan hujum harakatlarini bajarish uchun sarflangan vaqt ko‘rsatkichlari 11% ga oshgan;
yunon-rum kurashchilari tomonidan texnik usullarni bajarish uchun sarflangan vaqt ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar «Bolalar va o‘smirlar sport maktabi» yillik mashg‘ulot rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 02-07-08-1990-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik harakatlarni bajarish uchun asosiy jismoniy sifat tajriba guruhida 14% ga yaxshilangan bo‘lsa, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 8% ni tashkil qilgan, nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhidagi yunon-rum kurashchilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonidagi mashg‘ulot yuklamalarining farqlari umumiy 6% ni tashkil etgan; 
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yunon-rum kurashchilarini texnik harakatlarga o‘rgatish uslubini takomillashtirishda yunon-rum kurashchilarining musobaqa bellashuvlarida samaraliy bajarilgan oddiy va murakkab hujum harakatlarining ijrosini ta’min¬lovchi samarali texnik harakatlarni modellashtirish uslubi orqali ishlab chiqilgan texnik usullar majmuasi bo‘yicha tavsiyalar «Bolalar va o‘smirlar sport maktabi», yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanuvchilarning o‘quv-mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 02-07-08-1990-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy musobaqalarda qarshi hujum texnik harakatlarni bajarishda kurashchilarning ko‘rsatkichlari dastlabki natijalarga nisbatan 16-19% o‘sishiga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish