Dadabaev Odiljon Jalolidinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dzyudochilarning ko‘p yillik tayyorgarligi konsepsiyasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Ped61.
Ilmiy maslahatchi: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Elipxanov Salman Baysultanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dzyudochilarning ko‘p yillik tayyorgarligi konsepsiyasini nazariy asoslash va tajribada  tasdiqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dzyudochilarning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimida texnik-taktik tayyorgarligini birlamchi musobaqaga motivatsiya darajasini baholash orqali mashg‘ulot yuklamalarini modellashtirish hisobiga boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot jarayonini normativ-dasturiy ta’minlash blok-moduli ishlab chiqilgan;
dzyudochilarning ko‘p yillik tayyorgarligida turli yosh va malakaga ega sportchilar uchun yillik siklda integral tayyorgarlikning nazorat talablarini belgilash hisobiga yangicha tabaqalashtirilgan yondashish ishlab chiqilgan;
dzyudochilarni asosiy musobaqalarda ish qobiliyatini barqarorligini saqlab turuvchi kuch kuch tayyorgarligini maksimal darajada oshirishga yo‘naltirilgan maxsus vositalaridan foydalanish hisobiga sport natijalari saqlab qolish imkoniyati takomillashtirilgan;
dzyudochilarning ko‘p yillik mashg‘ulotlar jarayonida musobaqa faoliyatidan kelib chiqib kurashish uslubini o‘zgartirish hisobiga sportchilarning musobaqalarga tayyorgarligini ob’ektiv baholaydigan texnik-taktik harakatlarning model tavsiflari ishlab chiqilgan;
dzyudochilarning ko‘p yillik tayyorgarligida ROFES diagnostika texnologiyasidan foydalanib sportchining funksional va psixo-emotsional holatini baholash hisobiga tayyorgarlikni turli bosqichlarida turli yosh va malakaga ega sportchilar o‘quv-mashg‘ulot jarayonini korreksiyalash imkoniyati kengaytirilgan;
dzyudochilarning jismoniy va texnik-taktik tayyorlash uchun nufuzli musobaqalarda ishtirok etish tizimini hisobga olgan holda raqiblarning individual xususiyatlari va tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib taktik harakat kombinatsiyalar arsenali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amalga oshirilgan pedagogik tajriba davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
dzyudochilarning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimida texnik-taktik tayyorgarligi uchun ishlab chiqilgan normativ-dasturiy ta’minlash blok-moduli bo‘yicha takliflar bolalar-o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullanuvchi sportchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tuzatishlar kiritish asosida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 18 martdagi 033-07-08-1187-son ma’lumotnomasi) Natijada, dzyudochilarning funksional holati ko‘rsatkichlari 8-9%ga, musobaqa faoliyati samaradorligi 12-13%ga yaxshilangan;
dzyudochilarning ko‘p yillik tayyorgarligida turli yosh va malakaga ega sportchilar uchun ishlab chiqilgan yangicha tabaqalashtirilgan yondashish bo‘yicha takliflar Yunusobod tumani 2-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi, Namangan shahar 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi, Toshkent shahridagi yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi o‘quv-mashg‘ulotlari dasturlariga tuzatishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 18 martdagi 033-07-08-1187-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir dzyudochilarning tayyorgarlik darajasi 11-12% ga yaxshilangan;
dzyudochilarni asosiy musobaqalarda ish qobiliyatini barqarorligini saqlab turuvchi kuch tayyorgarligini maksimal darajada oshirishga yo‘naltirilgan maxsus maxsus vositalardan foydalanish bo‘yicha takliflar yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullanuvchi sportchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tuzatishlar kiritish asosida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 18 martdagi 033-07-08-1187-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh dzyudochilarning jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 12-14% ga, funksional holati ko‘rsatkichlari 8,4% ga, musobaqa faoliyati samaradorligi 9% ga yaxshilangan;
ko‘p yillik sport mashg‘ulotlari siklining blokli model tuzilmasi ishlab chiqilib, amaliy tavsiyalar Toshkent shahar, Yunusobod tuman 2-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi, Milliy gvardiya tasarrufidagi (JTSJK) Rishod Sobirov dzyudo sport klubida shug‘ullanuvchi sportchilarning o‘quv dasturlariga tuzatishlar kiritish asosida tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 18 martdagi 033-07-08-1187-son ma’lumotnomasi). Natijada dzyudochilarning tayyorgarlik darajasi 13-14% ga yaxshilangan;  
dzyudochilarning ko‘p yillik tayyorgarligida ROFES diagnostika texnologiyasidan foydalanib sportchining funksional va psixo-emotsional holatini baholash va o‘quv-mashg‘ulot jarayonini korreksiyalash bo‘yicha takliflar bolalar-o‘smirlar sport maktablari, yakkakurash  turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 18 martdagi 033-07-08-1187-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa faoliyati samaradorligi 12-14% ga yaxshilangan;
dzyudochilarning individual xususiyatlari va tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib taktik harakat kombinatsiyalar arsenalini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bolalar-o‘smirlar sport maktablari, Toshkent shahridagi yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi, O‘zbekiston Respublikasi, Milliy gvardiya tasarrufidagi (JTSJK) Rishod Sobirov dzyudo sport klubi hamda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 18 martdagi 033-07-08-1187-son ma’lumotnomasi) Natijada musobaqa faoliyati samaradorligi 18-20% ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish