Jafarov Xasan Mirzaxidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fotodinamik terapiya yordamida qorin bo‘shlig‘i qisilgan churralari yiringli asoratlarini oldini olish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1576. 
Ilmiy raxbar: Tursumetov Abdusattar Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, PhD.04/30.06.2020.Tib.116.01.
Rasmiy opponentlar: Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irisov Ortiqali Tulaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qorin qisilgan churrasi bilan og‘rigan bemorlarni jarohatning yarali asoratlarini oldini olish uchun metilen ko‘ki bilan intraoperatsion fotodinamik terapiya yordamida jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qisilgan churralarda churra xaltasi tarkibidagi S.aureus, S.epidermidis va E. coli. bakteriyalarini bartaraf etishda furatsilinning (1:5000) sust bakteriostatikligi, dioksidin (1%) kuchli bakterisidligi, metilen ko‘kining 0,05% konsentratsiyasi bilan fotodinamik ta’sir natijasida aniq bakterisidligi, metilen ko‘kining toksik va allergen emasligi bilan dioksidindan ustunligi, shoshilinch operatsiya sharoitida sezgirlikni tekshirish talab qilinmasligi asoslangan; 
yara asoratlarini mahalliy intraoperativ profilaktikasining yangi usuli ishlab chiqilganligi, jarohatni metilen ko‘kining 0,05% eritmasi bilan 640±20 nm diapazonida belgilangan parametrlar bilan LED nurlanish tufayli fotodinamik ishlov berish bilan davolash samaradorligi isbotlangan; 
qorin qisilgan churralarida metilen ko‘ki bilan fotodinamik ishlovdan oldin va keyin jarrohlik jarohati mikrob bilan ifloslanish hamda yarali asoratlarni oldini olish uchun ishlab chiqilgan intraoperatsion usulining samaradorligi asoslangan;
qisilgan churralarda yara asoratlarini mahalliy profilaktikasida  jarroxlik amaliyoti jarohat infeksiyasi va yallig‘lanish reaksiyasining kamayganligi, yara asoratlarini kamayishi, bemorning shifoxonada o‘rtacha bo‘lishining muddatini 10,0±0,67 dan 7,3±0,77 gacha qisqartirish orqali  sarf xarajatlarni kamaytirishi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fotodinamik  terapiya yordamida qorin bo‘shlig‘i qisilgan churralari yiringli asoratlarini oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qorin bo‘shlig‘i qisilgan churralari yiringli asoratlarning oldini olish va samarali davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Fotodinamik terapiya yordamida qisilgan qorin bo‘shlig‘i operatsiyadan keyingi yarali yiringli-yallig‘lanish asoratlari oldini olish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 apreldagi 8n-d/145-son ma’lumotnomasi). Natijada qisilgan churralar uchun jarrohlik davolash davrini qisqartirishga, remissiya davrini uzaytirishga va asoratlar sonini kamaytirishga imkon bergan;
qorin bo‘shlig‘i qisilgan churralari yiringli asoratlarini oldini olish va samarali davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Jarrohlik shifoxonalarida metilen ko‘kining antibakterial faolligini oshirishning innovatsion usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 apreldagi 8n-d/145-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma qisilgan churralar uchun jarrohlik davolash taktikasini tanlashda optimallashtirish va bemorlar uchun qisilgan churralarda operatsiyadan keyingi yara asoratlari kamaytirishga imkon yaratilgan; 
qisilgan qorin churralari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni takomillashtirishda qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 7-son shahar klinik shifoxonasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kattalar klinikasi, «Vitamed medical» va «Happy Life» klinikalari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 23-apreldagi 8n-d/145-sonli guvohnomasi). Olingan natijalar qisilgan churralar bilan bemorlarni operatsion maydronnni infeksiya sharoitida xirurgik davolashni yangi usuldan foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish