Xakberdiev Abdumurad Abdusaidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoiy inssenirovkalarni tasniflashning nazariy asoslari, ularni aniqlash va tergov qilish metodikasi», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika.Tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Yu405.
Ilmiy rahbar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Sultonov Abdulla Azamatovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoiy inssenirovkani fosh etish, jinoyatni sodir etish inssenirovkasining kriminalistik mohiyatini ochib berish, uni bartaraf etishga oid nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat protsessual qonunchiligiga yangi institut sifatida kompleks guvohlantirishni kiritish zarurligi asoslantirilgan;
tanadagi jarohatlarning kiyimdagi mavjud izlar bilan mosligini aniqlash uchun kompleks guvohlantirish o‘tkazish tartibini joriy qilish lozimligi asoslantirilgan;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda jinoiy inssenirovka bo‘yicha tusmollarni ilgari surish, ularni tekshirish va aniqlash zarurligi asoslantirilgan;
jinoiy inssenirovkani fosh etishda o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish hamda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish kabi protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Jinoiy inssenirovkalarni tasniflashning nazariy asoslari, ularni aniqlash va tergov qilish metodikasi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jinoyat protsessual qonunchiligiga yangi institut sifatida kompleks guvohlantirishni kiritish lozimligi haqidagi taklif yangi tahrirdagi Jinoyat-protsessual kodeksi loyihasining tegishli moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2020 yil 9 noyabrdagi 27/21-02-7952820-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi amalga oshirilgan inssenirovkani aniqlashga xizmat qiladi;
tanadagi jarohatlarning kiyimdagi mavjud izlar bilan mosligini aniqlash uchun kompleks guvohlantirish o‘tkazish tartibini joriy qilish lozimligi haqidagi taklif yangi tahrirdagi Jinoyat-protsessual kodeksi loyihasining tegishli moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2020 yil 9 noyabrdagi 27/21-02-7952820-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi amalga oshirilgan inssenirovkani aniqlashga xizmat qiladi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda jinoiy inssenirovka bo‘yicha tusmollarni ilgari surish, ularni tekshirish va aniqlash zarurligi haqidagi taklif “Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda jinoiy inssenirovka bo‘yicha tusmollarni ilgari surish, ularni tekshirish va aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanomani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining 2020 yil 13 noyabrdagi 18/6811-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma amaliyotda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning umumiy yondashuvlarini belgilashga xizmat qilgan;
jinoiy inssenirovkani fosh etishda o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish hamda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish kabi protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish zarurligi haqidagi taklif “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1-moddasi ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 12 yanvardagi 6/1-05/2702-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish