Oripov Abdumalik Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida xizmatlar sohasini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13 – «Menejment», 08.00.05 – «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.3.PhD/Iqt792.
Ilmiy rahbar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuritdin Kurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aslanova Dilbar Hasanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida xizmatlar sohasi faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
xizmat ko‘rsatish (mehmonxona) korxonalarida xarajatlar va tejamkorlik samaradorligi koeffisientlarini taqqoslash orqali raqamli boshqaruv tizimini joriy etish samaradorligi asoslangan;
mehmonxona xizmati korxonalari faoliyatida risklarni boshqarish mexanizmi risk guruhlari ta’sir darajasining integral bahosini ( ) hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmiga omillar vazni va ta’sir darajasi qiymatlarini kiritish orqali korxonalarning raqobatdagi bozor ustunligini baholash asoslangan;
xizmatlar hajmining o‘zgarishiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan xizmatlar hajmi, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soni, tarmoq va sohalarda foydalanilayotgan maxsus dasturiy vositalar soni hamda provayderlar tarmog‘ida joylashgan veb-saytlar soni kabi omillar ta’sirini ifodalovchi uzoq muddatli o‘zgarish qonuniyatlari asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida xizmatlar, xususan mehmonxona xizmatlari sohasini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish (mehmonxona) korxonalarida xarajatlar va tejamkorlik samaradorligi koeffisientlarini taqqoslash orqali raqamli boshqaruv tizimini joriy etish samaradorligi asoslash bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 6 apreldagi 02–16/2475-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehmonxona xizmatlari sohasi korxonalarida boshqaruv xarajatlari 9-15 %ga qisqargan;
mehmonxona xizmati korxonalari faoliyatida risklarni boshqarish mexanizmi risk guruhlari ta’sir darajasining integral bahosini ( )  hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 6 apreldagi 02–16/2475-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehmonxona xizmatlari korxonalarida risk ko‘rsatkichlari va umumiy risk darajasining o‘zgarishini tavsiflovchi belgilangan parametrlarga erishilgan hamda qulay tashkiliy-iqtisodiy holatga o‘tish aniqligi 20-22 %ga ortgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmiga omillar vazni va ta’sir darajasi qiymatlarini kiritish orqali korxonalarning raqobatdagi bozor ustunligini baholash bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 6 apreldagi 02–16/2475-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehmonxona xizmatlari korxonalarida xizmatlar narxidan tashqari omil ko‘rsatkichlari ta’sirining kiritilishi bilan raqobatbardoshlikni boshqarish samaradorligi 17 %ga ortgan;
xizmatlar hajmining o‘zgarishiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan xizmatlar hajmi, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soni, tarmoq va sohalarda foydalanilayotgan maxsus dasturiy vositalar soni hamda provayderlar tarmog‘ida joylashgan veb-saytlar soni kabi omillar ta’sirini ifodalovchi uzoq muddatli o‘zgarish qonuniyatlari asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 6 apreldagi 02–16/2475-son ma’lumotnomasi). Natijada xizmatlar sohasini raqamlashuv omillari ta’sirida o‘rta muddat uchun omillarning prognoz qiymatlarining foizdagi mutloq xatolik chegarasi ±0,77 %gacha qisqargan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish