Karimov Muzaffar Abdumalik o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat sanoati korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1391.
Ilmiy rahbar: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Nodirbek Madraximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat sanoati korxonalarida boshqarishni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini baholash menejment tizimini xayotiylik davrini aniqlash va korxonani rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlar hamda biznes jarayonlarini ifodalovchi me’zonlarni identifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oziq-ovqat sanoati klasterini boshqarish tizimi asosida xo‘jalik sub’ektlariga innovatsion texnologiyalarni jalb etish hamda iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlovchi raqamli texnologiya markazini tashkil etish taklif etilgan;
“EVRO EKFIN” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruv tashkiliy-iqtisodiy faoliyati nazoratini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirilish, jumladan uning bozordagi ulushi ortib borishiga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish innovatsion ishlanmalar markazi, ilmiy tashkilotlar, texnoparklar, venchur tashkilotlar, ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, sanitariya-epidemologiya nazorati tuzilmalarini vektikal integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oziq-ovqat sanoati korxonalarida boshqarishni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini baholash menejment tizimini xayotiylik davrini aniqlash va korxonani rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlar hamda biznes jarayonlarini ifodalovchi me’zonlarni identifikatsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga kiruvchi «SHAHRIXONSUT» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 31 maydagi 02/11-02-10/10-1795-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning moliyaviy va ishlab chiqarish rejalarini baholashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aniqlangan hamda korxonaning mahsulot sotish xajmini 1,2 barobarga ortishiga erishilgan;
oziq-ovqat sanoati klasterini boshqarish tizimi asosida xo‘jalik sub’ektlariga innovatsion texnologiyalarni jalb etish hamda iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlovchi raqamli texnologiya markazini tashkil etish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga kiruvchi «SHAHRIXONSUT» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 31 maydagi 02/11-02-10/10-1795-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning boshqaruv samaradorligi 1,04 barobarga ortishiga erishilgan;
“EVRO EKFIN” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruv tashkiliy-iqtisodiy faoliyati nazoratini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshiirilish, jumladan uning bozordagi ulushi ortib borishiga ijobiy ta’sir etishi bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga kiruvchi “EVRO EKFIN” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 31 maydagi 02/11-02-10/10-1795-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijada korxonaning bozor ulushi 5,3 foizga ortgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish innovatsion ishlanmalar markazi, ilmiy tashkilotlar, texnoparklar, venchur tashkilotlar, ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, sanitariya-epidemologiya nazorati tuzilmalarini vektikal integratsiyalash asosida takomillashtirilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga kiruvchi “EVRO EKFIN” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 31 maydagi 02/11-02-10/10-1795-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni korxona faoliyatiga joriy etilishi natijasida sof foyda miqdori 5,7 foiz ortishiga erishilgan.