Mamarasulova Maniraxon Tursunboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shudgorlangan erlarga izma-iz ishlov beradigan mashina g‘altakmolasining turi va parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1853. 
Ilmiy rahbar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Chuyanov Dustmurod Shodmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Abduvaxobovich Dilshod Abduvaxidovich, texnika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shudgorlangan erlarga izma-iz ishlov berishda talab darajasidagi ish sifatini ta’minlaydigan mashina plankali g‘altakmolasining energiyatejamkor turi va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shudgorlangan erlarga izma-iz ishlov beradigan mashina plankali g‘altakmolasining turi va konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan hamda uning texnologik ish jarayoni asoslangan;
plankali g‘altakmolaning absolyut tezligi va umumiy tezlanishi tuproq bo‘laklari bilan o‘zaro ta’sirlashish vaqtini hisobga olgan holda aniqlangan; 
g‘altakmolaga o‘rnatiladigan plankalar soni uning tuproq bilan sirpanish koeffisientini hisobga olgan holda asoslangan;
plankali g‘altakmolaga beriladigan tik bosim kuchi mashina tomonidan ishlov berilgan tuproq qatlamining talab darajasida zichlanishi sharti asosida aniqlangan;
eksperimental tadqiqotlar asosida tishli plankali g‘altakmolaning ish sifati va tortishga qarshiligini uning ish tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganilgan hamda ularni ifodalovchi empirik formulalar va regressiya tenglamalari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shudgorlangan erlarga izma-iz ishlov beradigan mashina g‘altakmolasining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tishli plankali g‘altakmola bilan jihozlangan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) Andijon viloyati Andijon shahar “KONVEROLL UNIVERSAL” MChJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi №04/020-3224-son ma’lumotnomasi). Natijada, asoslangan tur va parametrlarga ega tishli plankali g‘altakmola bilan jihozlangan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan tishli plankali g‘altakmola bilan jihozlangan shudgorlangan erlarga izma-iz ishlov beradigan mashina Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi №04/020-3224-son ma’lumotnomasi). Natijada, shudgorlangan erlarga izma-iz ishlov berish mashinasi qo‘llanilganda har bir gektar hisobiga yonilg‘i sarfi 5,15 kg ga, mehnat sarfi 34,4 foizga, ekspluatatsion xarajatlar esa 38 foizga kamayishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish