Ametova Ulbo‘sin Komiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek mumtoz adabiyotida kubraviylik tariqati an’analari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2O2O.2.PhD/Fil1268.
Ilmiy rahbar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Nodirxon Dadaxanovich, filologiya fanlari doktori; Mullaxo‘jaeva Karomat Toshxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mumtoz adabiyotimizning katta bir tarmog‘i bo‘lgan “kubraviylik adabiyoti”ning o‘ziga xos jihatlari, Najmiddin Kubro irfoniy asarlarining izdoshlari va mumtoz adabiyot vakillari ijodiga ta’siri masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kubraviylik tariqatining sharq irfoniy-badiiy adabiyotidagi o‘rni hamda badiiy adabiyotga ta’siri Najmiddin Kubro hayotiga doir tazkira va manoqiblardagi ma’lumotlarning badiiy adabiyotga ko‘chishida namoyon bo‘lishi aniqlanib, shayx nazari tushgach, holi o‘zgargan it voqeasi bu izdoshlikning zohiriy namunasi sifatida ko‘rsatilgan;
Muhammadniyoz Nishotiy ijodiga Najmiddin Kubro irfoniy merosining ta’siri Shayx asarlaridagi tasavvufiy istilohlardan husn, fuod, vahm, aql, hayrat singari jihatlarning Nishotiy “Husn va Dil” dostonida lirik personajlarga aylantirilib, jonli badiiy manzara hosil qilishi aniqlangan;
Najmiddin Kubroning komillik asoslari xususidagi ramziy-majoziy izohlari badiiy adabiyotda tasavvufiy obraz va ramzlar paydo qilganligi dalillangan;
Najmiddin Kubro hayoti, salaflari va xalifalari haqida mukammal ma’lumot beruvchi asosiy manba Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasi ekanligi, asar shayxning ma’naviy holi, nafs tarbiyasidagi o‘rni, murshidlari, ular bilan munosabatlari, xususan, tarjimai holi hamda asarlarining tasavvufiy talqinlariga oid qimmatli ma’lumotlarga boyligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek mumtoz adabiyotida kubraviylik tariqati an’analari” mavzusida erishilgan ilmiy natijalarning:
Najmiddin Kubro asarlari ma’rifiy-badiiy xususiyatlarining qoraqalpoq fol`kloriga ta’siri, Shayx Najmiddin Kubro haqidagi manoqiblardagi voqeliklarning qoraqalpok adabiyotida aks etishi, kubraviylik adabiyotida an’anaviylik va o‘ziga xoslikning qoraqalpoq adabiyotidagi ilmiy asoslari, qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti namoyandalari ijodida kubraviylik adabiyoti badiiyati an’anaviyligi kabi xulosalaridan Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti tarixi tadqiqi”' (2017-2020) fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 5 maydagi 17.01/95-1-son ma’lumotnomasi). Natijada Najmiddin Kubro ijodining qoraqalpoq fol`kloriga ta’siri, Shayx haqidagi manoqiblar voqeliklarining qoraqalpoq adabiyoti aks etishi, qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti yetakchi namoyandalari ijodiga kubraviylik an’analari ta’siri masalalarini yanada aniqlashtirishga erishilgan;
fanlar akademiyasi fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining № M 1-12 raqamli “XX asr qoraqalpoq she’riyati antologiyasini mustaqillik mafkurasi asosida nashrga tayyorlash (2-jild)” (2012-2018) fundamental tadqiqot loyihasida Najmiddin Kubro ruboiylaridagi g‘oyalarning XX asr qoraqalpoq she’riyatiga ta’siri omillarini aniqlash, Najmiddin Kubro obrazining qoraqalpoq she’riyatida aks etishini o‘rganish, kubraviylik adabiyotida an’anaviylik, o‘ziga xoslik masalalari va g‘oyalarining qoraqalpoq she’riyatida aks etishini ilmiy asoslashda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 05 maydagi 17.01/95-2-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani Najmiddin Kubro ruboiylaridagi g‘oyalarning XX asr qoraqalpoq she’riyatiga ta’siri, qoraqalpoq she’riyatida Najmiddin Kubro obrazi, kubraviylik adabiyotida an’anaviylik g‘oyalarining qoraqalpoq she’riyatida aks etishi borasida aniq ma’lumotlar bilan boyitishga erishilgan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan tayyorlanib efirga uzatilgan “Taqdimot” va “Mavzu” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda kubraviylik tariqatining badiiy ijoddagi izdoshlari masalasi va ahamiyatiga doir materiallardan foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 12 martdagi 01-14/372-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlanib, tahliliy ko‘rsatuvlar saviyasi yanada mukammallashuviga erishilgan.