Shennaev Xo‘jayor Musurmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt184.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta faoliyati tushunchalari tarkibi da’vo qilingan zarar, prudensial standartlar va mablag‘lar rentabelligini yangidan kiritish asosida aniqlashtirilgan;
sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishda to‘sqinlik qiluvchi istisnolar sonini 10 foizgacha qisqartirish hisobiga sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilgan;
sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyatiga oid talablarga sug‘urta zaxiralarini hisob-kitob qilish va baholash bo‘yicha aktuariylarni jalb etish qoidasini kiritish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalarining faoliyatini reyting agentliklari tomonidan baholashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tarkibi sug‘urta portfelining diversifikatsiya darajasi, sug‘urta mahsuloti sifatini so‘rovnomalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash ko‘rsatkichlarini kiritish orqali qayta shakllantirilgan;
sug‘urta faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta qildiruvchilarga majburiy tartibda taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxati aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida: 
sug‘urta faoliyati tushunchalari tarkibini da’vo qilingan zarar, prudensial standartlar va mablag‘lar rentabelligini yangidan kiritish asosida aniqlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 3 fevraldagi KT/16-02-32-18/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yilda ishlab chiqilgan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasida belgilangan sug‘urta sohasidagi asosiy tushunchalar tarkibi aniqlashtirilgan;
sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishda to‘sqinlik qiluvchi istisnolar sonini 10 foizgacha qisqartirish hisobiga sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning V. qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 3 fevraldagi KT/16-02-32-18/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilinishi ta’minlangan va sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan byurokratik to‘siqlar bartaraf etilgan;
sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyatiga oid talablarga sug‘urta zaxiralarini hisob-kitob qilish va baholash bo‘yicha aktuariylarni jalb etish qoidasini kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 3 fevraldagi KT/16-02-32-18/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, istiqbolda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta faoliyatiga Solvency II standartini joriy etishda sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyatiga oid belgilanadigan talablar xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirilgan;
sug‘urta kompaniyalarining faoliyatini reyting agentliklari tomonidan baholashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tarkibini sug‘urta portfelining diversifikatsiya darajasi, sug‘urta mahsuloti sifatini so‘rovnomalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash ko‘rsatkichlarini kiritish orqali qayta shakllantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 20-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 3 fevraldagi KT/16-02-32-18/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta kompaniyalari faoliyatini reyting agentliklari tomonidan reyting baholash samaradorligi oshgan va 2019 yil 5 dekabrda “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining reytingini “Moody’s Investors Service” (AQSh) xalqaro reyting agentligining “Ba3” “Barqaror” prognozi, “Fitch Ratings” xalqaro reyting kompaniyasi 2020 yil 27 noyabrda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining, 2020 yil 18 dekabrda esa “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy barqarorlik reytingini “BB-” darajasida “Barqaror” prognozi bilan tasdiqlanishiga erishilgan;
sug‘urta faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta qildiruvchilarga majburiy tartibda taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatini aniqlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida nizom”ning 7-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 3 fevraldagi KT/16-02-32-18/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urta faoliyati haqida xabardorlik darajasi oshgan, sug‘urtaning iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ichiga kirib borish ko‘lami kengaygan, sug‘urta mahsuloti iste’molchilari tomonidan sug‘urta mahsulotlarini tanlash imkoniyati yuksalishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish