Kamalova Mexriniso Qilichevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha yoshdagi bolalarda kompleks tibbiy-ijtimoiy va klinik-iqtisodiy tahlil asosida tishlar kariesining oldini olish va davolashni optimallashtirish», 14.00.21 - Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.4.DSc/Tib427.
Ilmiy maslaxatchilar: Maslak Elena Efimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Kamilov Haydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Kosyuga Svetlana Yur`evna tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Murtazaev Saidmurodxon Saidaloevich tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Gulyamov Sur’at Saidvalievich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Belarus` davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tibbiy-ijtimoiy va klinik–iqtisodiy tahlil asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tishlar kariesini oldini olish va davolashning majmuaviy dasturlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor shahar va qishloq joylarida doimiy istiqomat qiluvchi maktabgacha yoshdagi bolalarda stomatologik kasallanishning yuqori ko‘rsatkichlari tish kariesi rivojlanishining xavf omillari, karies bilan zararlanish intensivligi va kechishining faolligiga uzviy bog‘liq bo‘lishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan maktabgacha yoshdagi bolalarda erta kariesning profilaktik dasturlari klinik samaradorligi karioz zararlanishni aniqlash stomatologik skriningi, ota-onalar, bog‘cha tarbiyachilarining stomatologik bilimi, kariesning birlamchi va ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlarining yuqori darajada bajarilishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
kariesni oldini olish dasturlari tibbiy samaradorligiga qarab shahardagi tengdoshlariga nisbatan qishloqda yashovchi maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtinchalik tishlar yuzasi karioz shikastlanish intensivligi miqdor ko‘rsatkichlarining past daraja bo‘lishi aniqlangan;
tish erta kariesining oldini olish dasturlarining iqtisodiy muvofiqligini aniqlash uchun “qiymat-samara” mezoni va matematik modellashtirish usuli birlamchi va ikkilamchi profilaktik dasturlarining uzoq muddatga kariesni oldini olish va karies asoratlarini davolashda xarajatlarni yanada tejash imkonini berishi aniklanagan;
maktabgacha ta’lim muassasalari sharoitida tibbiy-ijtimoiy va klinik-iqtisodiy samaradorligi eng yuqori, kariesning birlamchi va ikkilamchi profilaktik tadbirlari mujassamlashgan majmuaviy dasturlarini tadbiq qilish tish karioz zararlanishining o‘sishi, kechish faolligi va intensivligi indeksi ko‘rsatkichlarining kamayishiga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tibbiy-ijtimoiy va klinik-iqtisodiy tahlil majmuasi asosida maktabgacha yoshidagi bolalarda tishlar kariesini oldini olish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagilarda stomatologik kasalliklarning skrining algoritmi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalar bog‘chalari sharoitida maktabgacha yoshdagilarda stomatologik kasalliklarning skrining algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/673-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bolalarda stomatologik kasalliklarni erta bosqichlarida aniqlash va oldini olish, bolalarning tishlarini davolash uchun ota-onalarning stomatologik poliklinikaga murojaatlarini oshirish hamda karies asoratlarini kamaytirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagilarda tishlar kariesini majmuaviy oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalar bog‘chasi sharoitida maktabgacha yoshdagilarda tishlar kariesini majmuaviy oldini olish sxemasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/672-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi maktbgacha yoshdagi bolalarni sog‘lom turmush tarziga, sog‘lom ovqatlanish, og‘iz bo‘shlig‘ini gigienik holatini yaxshilashga va bolalarning tishlar kariesi bilan kasallanishini sezilarli pasaytirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtinchlik tishlar dentin kariesini noinvaziv davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtinchlik tishlar dentin kariesini noinvaziv davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/671-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bolalarni stomatologik yordamga qamrab olish darajasini oshirishga, sog‘liqni saqlash tashkilotlarining bolalarning stomatologik davolanishiga ajratadigan harajatini pasaytirishga, bolalar axolisi orasida stomatofobiya darajasini kamaytirishga xizmat qilgan;
Tibbiy-ijtimoiy va klinik-iqtisodiy tahlil majmuasi asosida maktabgacha yoshidagi bolalarda tishlar kariesini oldini olish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan G‘ijduvon tuman stomatologik poliklinikasi, Qashqadaryo viloyati tibbiyot birlashmasi Kosonsoy tuman stomatologik  poliklinikasi davlat unitar muassasasi, Vobkent tuman stomatologik poliklinikasi, Xorazm viloyati stomatolgik poliklinikasi, Navoiy viloyati Navoiy shahar 2-oilaviy poliklinikasi va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 8n-d/9-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi bolalarda tishlar kariesini oldini olish va davolash sifatini yaxshilashga, asoratlar sonini kamaytirishga va fiziologik almashinuvgacha vaqtinchalik tishlarni saqlanish muddatini uzaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish