Kamolova Feruza Raxmatilloevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan kasallangan bolalarda asosiy stomatologik kasalliklar profilaktikasi dasturini ishlab chiqish va uni baxolash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib428.
Ilmiy raxbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukadirov Abdusalom Abdukadirovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Shalabaeva Klara Zulkarnaevna tibbiyot fanlari doktori, professor; Murtazaev Saidmurodxon Saidialoevich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qandli diabet bilan kasallangan bolalarda asosiy stomatologik kasalliklar profilaktikasi dasturini ishlab chiqish va uni baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
1-tip qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf omillari ruxiy zo‘riqish, og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi, oilada qandli diabet bo‘lganligi, ichak disbiozi, anamnezida diareya ekanligi aniqlangan;
1-tip qandli diabet va asosiy stomatologik kasalliklar tashhislangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklari diagnostik markyorlari sifatida salivator sitokinlardan - IL-1ß, IL-4, IL-18, INFα - foydalanishning klinik samaradorligi yuqori ekanligi aniqlangan;
stomatologik kasalliklar mavjud bo‘lgan 1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda salivator sitokinlar hamda so‘lak biokimyoviy ko‘rsatkichlari orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
stomatologik kasalliklar va 1-tip qandli diabet tashhislangan bemor bolalarni asosiy kasallik xuruji, uni davolash va profilaktik tadbirlar o‘tkazish davrlarida bemorlarni olib borish taktikasi algoritmi ishlab chiqilgan;
og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari aniqlangan 1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda salivator sitokinlar diagnostik markyorlaridan foydalanishning tibbiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati baholangan va yuqori klinik-diagnostik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qandli diabetga chalingan bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarning oldini olish dasturini ishlab chiqish va samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
1-tip qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda stomatologik kasalliklari diagnostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «1-tip qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda stomatologik kasalliklari diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 8n-r/658-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma 1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda tish kasalliklarini erta tashxislash va ularni davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashni takomillashtirishga xizmat qilgan;
1-tip qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda stomatologik kasalliklarda sitokinodiagnostika bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «1-tip qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda stomatologik kasalliklarda sitokinodiagnostika» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 8n-r/612-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma so‘lak sitokinlari parametrlaridan foydalangan holda 1-tip qandli diabeti bor bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari diagnostikasini yaxshilashga xizmat qilgan;
qandli diabet bilan kasallangan bolalarda asosiy stomatologik kasalliklar profilaktikasi dasturini ishlab chiqish va samaradorligini baholashdan olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, Buxoro viloyati bolalar endokrinologik tibbiyot markaziga, Buxoro tumani tibbiyot birlashmasiga, G‘ijduvon tumani tibbiyot birlashmasiga, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n/ 274-sonli ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy kilinishi qandli diabet bilan kasallangan bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarni erta aniklash va asoratlarni kamaytirish tizimini yaratish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish