Nizomov Shukrillo Amriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda uretraning posttravmatik strikturasi va obliteratsiyasida xirurgik operatsiyaning samaradorligini oshirish», 14.00.35 - Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib530.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Shuxrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda uretraning posttravmatik struk¬turasi va obliteratsiyasida birlamchi jarrohlik muolajasining samara¬dor¬ligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda uretra strikturasi va obliteratsiyasining kuzatilishiga va qaytalanishiga asosan travma davrida va samarasiz jarroxlik muolajasidan keyin uretrani qayta kateterlash va bujlash sabab bo‘lishi asoslangan;
uretra strikturasi yoki obliteratsiyasida takomillashtirilgan an’anaviy jarroxlik operatsiyasini bajarishda maxsus ishlab chiqilgan drenajlovchi kateterni qo‘llash ijobiy natijalarga erishilganligi isbotlangan;
maxsus drenajlovich kateter orqali qovuqni va anastomoz soxasini doimiy ravishda anticeptik eritma bilan yuvib turish evaziga qovuqda xamda anastomoz soxasida yallig‘lanish jarayonining bartaraf etilishi asoslangan;
uretradagi ko‘p teshikli naycha va uning ichidan o‘tuvchi drenajning ingichkalashtirilgan uretra qicmi oracidagi erkin bo‘shliq anactomoz coxacida xocil bo‘ladigan to‘qima cuyuqligining chiqib ketishini ta’minlashi natijasida ushbu coxada yuqori bocim xocil bo‘lishining oldi olinib, mikrotsirkulyasiyaning faollashuvi evaziga regeneratsiya jarayoninig jadallashuvi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Bolalarda uretraning posttravmatik strikturasi va obliteratsiyasida xirurgik operatsiyaning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uretraning posttravmatik strikturasi va obliteratsiyasini bartaraf qilishda an’anaviy xirurgik operatsiyani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda uretraning posttravmatik strikturasi va obliteratsiyasida jarroxlik muolajasining samaradorligni oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 8n-r/144-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma uretraning posttravmatik strikturasi va obliteratsiyasida jarroxlik muolajasining samaradorligni oshirish imkonini bergan;
qovuq va uretrani drenajlovchi kateter takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qovuq va uretrani drenajlovchi kateter» O‘zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligi tomonidan foydali model` patenti olingan (№IDP 05277, 2002y). Mazkur foydali model` orqali qovuq va uretradagi suyuqliklarni bezarar chiqib ketishi ta’minlanib, operatsiyadan keyin paydo bo‘ladigan asoratlarning oldini olish imkonini bergan;
bolalarda uretraning posttravmatik strikturasi va obliteratsiyasida jarroxlik muolajasining samaradorligni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qashqadaryo viloyati va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi tibbiyot amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 8n-d/128-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi asoratlar sonini kamaytirish va davolanish muddatini o‘rtacha 7 kunga qisqarishi, davolanishdan keyingi samarali natijalar soni 87,3% dan 98,2%gacha oshishi imkonini bergan.