Umarov Faxriddin Sharobiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Noorganik gilli-slaneslar va metallurgiya sanoati chiqindilaridan foydalanib, klinker tarkibini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T642.
Ilmiy rahbar: Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori; Kasimova Go‘zal Anvarovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Devanasoy ko‘mirli-gilli slaneslari va metallurgiya chiqindilaridan foydalanib, portlandsement klinkeri tarkibini va olishning resurstejovchi texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Devanasoy koni gilli slanesidan portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda asosiy komponent sifatida foydalanish imkoniyatlari ilmiy asoslangan va turli to‘yinish koeffisienti (TK) va silikat moduliga (η) ega bo‘lgan portlandsement klinkeri xomashyo aralashmasining maqbul tarkiblari ishlab chiqilgan;
 ishlab chiqilgan portlandsement xomashyosi tarkibida mineral hosil bo‘lishi, an’anaviy klinker olish jarayoniga (1400-1450oS)  nisbatan 50-70oS past haroratda (1350-1380oS) jadal borishi aniqlangan; 
ishlab chiqilgan uch komponentli portlandsement klinkeri asosida olingan sement toshining turli muddatdagi gidratatsiyasi va SaOerkin miqdori o‘zgarishining kinetikasi aniqlanib, kal`siy gidrosilikat, gidroalyuminat va gidroferritlari hosil bo‘lishidagi kimyoviy reaksiya jarayonlari aniqlangan; 
gilli slanes va metallurgiya toshqolidan foydalanib, xomashyo aralashmasining maqbul tarkibidan olingan portlandsementning fizik-mexanik xossalari, hamda matematik modellashtirish usuli yordamida, sement toshining bir yil davomidagi gidratatsiya va qotish jarayonlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida sement klinkeri tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Devonasoy gilli slanesi va «O‘zmetkombinat» AJning po‘lat eritishdagi toshqol chiqindilaridan foydalanib, yaratilgan tarkib asosida olingan portlandsement klinkeri «Bekobodsement» AJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 18 noyabrdagi 05/15-3616-son ma’lumotnomasi). Natijada, zavod sementi narxidan bir muncha arzon sement tarkibini ishlab chiqish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida portlandsement klinkerini olish texnologiyasi «Bekobodsement» AJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 18 noyabrdagi 05/15-3616-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi standart talabiga javob beruvchi M400 markali portlandsement klinkeri olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish