Muminova Elnoraxon Abdukarimonaning fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda korporativ boshqaruv asosidagi korxonalar faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt170.
Ilmiy maslahatchi: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nabiev Elshod G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda korporativ boshqaruv asosidagi korxonalar faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyot sharoitida to‘qimachilik sanoati korxonalarida blokcheyn texnologiyalar asosida raqamli o‘zgarishlarga korxonalarni moslashuvchanligini ta’minlash maqsadida korporativ boshqaruv samaradorligini baholash ssenariylari ishlab chiqilgan.
to‘qimachilik sanoati korxonalarida kapital qo‘yilmalar va boshqaruv faoliyati ko‘rsatkichlari (boshqaruv xodimlari soni, boshqaruv xarajatlari, kapital qo‘yilmalar) asosida korporativ boshqaruv sifatini oshirish metodologiyasi taklif etilgan.
korporativ boshqaruv asosidagi korxonalarning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda aksiyadorlar, korporativ ishtirokchilar iqtisodiy manfaatlari uyg‘unligini kompleks baholash usuli ilmiy asoslangan;
to‘qimachilik sanoati tarmog‘ida innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish asosida xududlardagi innovatsion klasterlarni vertikal va gorizontal boshqaruv mexanizmi taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoati tarmog‘i korxonalari raqamlashuvi natijasida korporativ boshqaruv asosidagi korxonalarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini raqamli texnologiyalar orqali boshqarish yo‘nalishlari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv asosidagi korxonalar faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli iqtisodiyot sharoitida to‘qimachilik sanoati korxonalarida blokcheyn texnologiyalar asosida raqamli o‘zgarishlarga korxonalarni moslashuvchanligini ta’minlash maqsadida korporativ boshqaruv samaradorligini baholash ssenariylari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatida, jumladan, «POSCO International Textile» MChJ xorijiy korxonasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 24 martdagi 04/06-1040-son ma’lumotnomasi, «POSCO International Textile» MChJ xorijiy korxonasining 2021 yil 17 martdagi 21-PLA-023-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarida blokcheyn texnologiyalar asosida korporativ boshqaruv samaradorligini baholash, raqamlashuv o‘zgarishlariga korxonalar moslashuvchanligini ta’minlash, mavjud moddiy va moliyaviy resurslarning muqobil taqsimotini amalga oshirish, xorijiy investisiyalarni jalb etish, shuningdek, to‘qimachilik korxonalarida boshqaruv xarajatlarini 15 % ga kamayishiga olib kelgan.
to‘qimachilik sanoati korxonalarida kapital qo‘yilmalar va boshqaruv faoliyati ko‘rsatkichlari (boshqaruv xodimlari soni, boshqaruv xarajatlari, kapital qo‘yilmalar) asosida korporativ boshqaruv sifatini oshirish metodologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatida, jumladan, «POSCO International Textile» MChJ xorijiy korxonasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 24 martdagi 04/06-1040-son ma’lumotnomasi, «POSCO International Textile» MChJ xorijiy korxonasining 2021 yil 17 martdagi 21-PLA-023-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, «POSCO International Textile» MChJ xorijiy korxonasida to‘qimachilik korxonalarida korporativ boshqaruv sifatini baholashga qaratilgan taklif rentabellik darajasi mos ravishda 4,5%ga va aktivlar rentabelligi – 17,8%ga oshishiga olib kelgan.
korporativ boshqaruv asosidagi korxonalarning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda aksiyadorlar, korporativ ishtirokchilar iqtisodiy manfaatlari uyg‘unligini kompleks baholash bo‘yicha taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda korporativ boshqaruv mezonlarini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 24 martdagi 04/06-1040-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik korxonalar qiymatini samarali boshqarishning aksiyadorlar va korporativ munosabatlar ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlari muvozanatini hisobga oladigan mexanizmi yaratilgan.
to‘qimachilik sanoati tarmog‘ida innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish asosida xududlardagi innovatsion klasterlarni vertikal va gorizontal boshqaruv mexanizmi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 24 martdagi 04/06-1040-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion loyihalarini amalga oshirilish muddatlarini muntazam monitoringini amalga oshirish asosida innovatsion klasterni tashkil etgan holda hudud iqtisodiyoti, to‘qimachilik korxonalari va boshqa ishtirokchilar uchun afzalliklarni defferensial aniqlash imkonini beruvchi mexanizm samarali va operatsion boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini bergan.
to‘qimachilik sanoati tarmog‘i korxonalari raqamlashuvi natijasida korporativ boshqaruv asosidagi korxonalarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 24 martdagi 04/06-1040-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida to‘qimachilik sanoatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etishning strategik, funksional, operativ hamda blokcheyn texnologiyalar negizida boshqaruv tizimiga qo‘shgan hissasini baholashni nazarda tutuvchi sinergetik samaraga erishilgan.