Tillyaxodjaeva Zuxraxon Djaxangirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Toshkent viloyati er usti suvlarini gidrokimyoviy baholashdan foydalanib nozogeografik holatini tahlil qilish», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Gr63.
Ilmiy rahbar Myagkov Sergey Vladimirovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor; Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatida nozogeografik vaziyatni baholash hamda qishloq aholisining kasallanish xavfini daryo havzalarning gidrokimyoviy rejimiga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati tumanlari bo‘yicha aholi orasida kasalliklar tarqalishining geografik xususiyatlari aniqlangan;
aholi kasallanishiga er usti suvlari gidrokimyoviy rejimi ta’sir darajasining hududiy jihatlari aniqlangan;
Chirchiq-Ohangaron havzasi er usti suvlarining asosiy kimyoviy elementlari konsentratsiyasi va Toshkent viloyati aholisining kasallanishi orasidagi bog‘lanishlarning regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan;
geoaxborot texnologiyalar yordamida Toshkent viloyatidagi tibbiy-geografik holatni tavsiflovchi hamda kasalliklarning hudud va vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini aks ettiruvchi nozogeografik xaritalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent viloyatidagi er usti suvlarning gidrokimyoviy baholashdan foydalanib nozogeografik holatni tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent viloyati tumanlari bo‘yicha aholi orasida kasalliklar tarqalishining geografik xususiyatlari Sog‘liqni saqlash vazirligida sanitariya-epidemiologiya nazorati amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 012-8/04-4292-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyati daryolarining yuqori, o‘rta va quyi qismlarida yashaydigan aholining kasallanish xavfi ortishi oldini olish uchun profilaktika choralarini ishlab chiqish imkonini bergan;
aholi kasallanishiga er usti suvlari gidrokimyoviy rejimi ta’sir darajasining hududiy qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy asoslangan xulosalar Sog‘liqni saqlash vazirligida sanitariya-epidemiologiya nazorati amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 012-8/04-4292-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyatining tibbiy-ekologik holatini yaxshilashga yordam beradigan va muayyan hududda sodir bo‘layotgan kasallanish holati o‘zgarishini kuzatish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
Chirchiq-Ohangaron havzasi er usti suvlarining asosiy kimyoviy elementlari konsentratsiyasi va Toshkent viloyati aholisining kasallanishi orasidagi bog‘lanishlarning regressiya tenglamalari Sog‘liqni saqlash vazirligida sanitariya-epidemiologiya nazorati amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 012-8/04-4292-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyati aholisi kasallanishning xavfini ortishiga er usti suvlarining gidrokimyoviy xususiyatlarining ta’sirini baholash imkonini bergan;
geoaxborot texnologiyalar yordamida yaratilgan Toshkent viloyatidagi tibbiy-geografik holatni tavsiflovchi hamda kasalliklarning hudud va vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini aks ettiruvchi nozogeografik xaritalar O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2021 yil 01 iyundagi 01-15/617A-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrokimyoviy parametrlarni hisobga olgan holda nozogeografik xaritalashning taklif etilgan yondashuvlari er usti suvlari ifloslanishining monitoringi uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan.