Shamsieva Zulfiya Ilhomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlik kuzatilgan homilador ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borish taktikasini ishlab chiqish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib823.
Ilmiy rahbar: Yusupbaev Rustem Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshimbetova Gulsara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: semizlik kuzatilgan homilador ayollarda homiladorlikni olib borish algoritmini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor semizlik kuzatilgan homilador ayollarda homiladorlikning I trimestrida lipidlar metabolizmi buzilishi va yallig‘lanish oldi sitokinlariningmiqdorining oshishi sababli akusherlik asoratlarga olib kelishi isbotlangan; 
ilk bor semizlik kuzatilgan homilador ayollarda atsetilsalisil kislotasi 150mg miqdorda homiladorlikning I trimestridan boshlab  berilishi akusherlik asoratlarni 2 baravarga kamaytirgani isbotlangan;
ilk bor mamlakatimizda semizlik tashxisi qo‘yilgan homilador ayollarda lipid va sitokin statusining o‘zgarishiga qarab akusherlik xavf guruhlari ishlab chiqilgan;
ilk bor semizlik kuzatilgan homilador ayollarda akusherlik asoratlarni erta tashxislash va oldini olish algoritmi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Semizlik kuzatilgan homilador ayollarda akusherlik va prenatal asoratlarning rivojlanishining oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
semizlik kuzatilgan homilador ayollarda akusherlik asoratlarini prognozlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Semizlik kuzatilgan homilador ayollarda akusherlik asoratlarini prognozlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 yanvardagi 8n-r/10 ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ayollarda preeklampsiya (PE) va erta reproduktiv yo‘qotishlarning oldini olishda samarali davolashning imkoniyatini yaratgan.
Semizlik kuzatilgan ayollarda homiladorlikni olib borish bo‘yicha olingan ilmiy tnatijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 8n–d/198-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishisemizlik kuzatilgan homiladorda ayollarda akusherlik asoratlarni va barvaqt tug‘ruqni 2 baravar kamayish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish