Tojaliev Abduqosim Abdulxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlashning milliy tizimi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal276.
Ilmiy rahbar: Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Artiqov To‘lanboy Artiqovich, falsafa fanlari doktori, professor; Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlash milliy tizimining ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashdagi ahamiyatini ijtimoiy falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kadrlar tayyorlash milliy tizimini innovatsion rivojlantirish orqali ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi jarayonini modernizatsiya qilishda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida sifat ko‘rsatkichlarini, ya’ni ta’lim turlari o‘rtasidagi integratsion hamkorlikni, investision jozibadorlikni, intellektual salohiyatni, korporativ madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, sohani raqamlashtirish, ilmni tijoratlashtirish, konsal`ting xizmatlari bozorini va innovatsion infratuzilmani takomillashtirish zarurligi ochib berilgan;
jamiyatda inson resurslaridan oqilona foydalanishda shaxs ehtiyojlarini qondirishning samarali usullarini topish, barqaror taraqqiyotni, shaxs hamda jamiyatni moslashuvchanligini ta’minlash, intellektual, kreativ faoliyat va inson kapitalini yuksaltirish, turli mulk shakllarini joriy etish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlash milliy tizimi takomillashuvining asosi ekanligi isbotlangan;
fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida raqobatbardosh kadrlar yangi avlodini tayyorlashning oliy ta’limdagi xalqaro innovatsion standartlarni joriy qilish bilan aloqadorligi va bunday uyg‘unlik innovatsiyalarni ta’lim jarayonidagi munosabatlarni jamiyat va insonning individual ehtiyojlari talablariga mos keluvchi holatga keltirishi, ijtimoiy foydali va muvaffaqiyatli shaxs shakllanishi muammolarini hal etishi, “fan-ta’lim-innovatsiya-ishlab chiqarish” tizimi hamkorligini shakllantirishi retrospektivlik tamoyili asosida aniqlangan;
innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlash milliy tizimining yuksalish mexanizmlarini takomillashtirishda oliy ta’limning aksiologik, innovatsion g‘oyalar markazi, barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi, raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlash, uning shaxsi, alohida xususiyatlarini e’tiborga olgan holda mustaqil samarali bilim olish faoliyatiga aniq yo‘naltirilganlik roli futurologik-prognostik yondashuv orqali ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi taraqqiyot bosqichida innovatsion rivojlanishning milliy kadrlar tayyorlashdagi o‘rni masalasidagi tahlillar asosida:
kadrlar tayyorlash milliy tizimini innovatsion rivojlantirish orqali ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi jarayonini modernizatsiya qilishda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida sifat ko‘rsatkichlarni takomillashtirish zarur ekanligiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining “Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari” deb nomlangan 10-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 27 noyabrdagi 05/1-02-297-son ma’lumotnomasi). Natijalar ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining innovatsion rivojlanishga doir vakolatlarini ilmiy asosda takomillashishiga xizmat qilgan;
jamiyatda inson resurslaridan oqilona foydalanishda shaxs ehtiyojlarini qondirishning samarali usullarini topish, barqaror taraqqiyotni, shaxs hamda jamiyatni moslashuvchanligini ta’minlash, intellektual, kreativ faoliyat va inson kapitalini yuksaltirish, turli mulk shakllarini joriy etilishi, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlash milliy tizimi takomillashuvining asosi ekanligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashining “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2018-2019 yillar mobaynida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2020 yil 23 yanvardagi 04-13/300-son dalolatnomasi). Natijalar yoshlarning innovatsion-bunyodkorlik faoliyatiga doir tasavvurlarini boyitish, etuk kadr bo‘lib etishishga intilishlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida raqobatbardosh kadrlar yangi avlodini tayyorlashning oliy ta’limdagi xalqaro innovatsion standartlarni joriy qilish bilan aloqadorligiga doir xulosalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati kengashining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotida innovatsion usul va vositalar” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 10 yanvardagi 03/07-63-son dalolatnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda innovatsion rivojlanishning yosh kadrlar faoliyatiga ta’siriga oid dolzarb muammolarni ilmiy asosda hal qilinishiga xizmat qilgan;
innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlashning milliy tizimini o‘ziga xosligi va yuksalish mexanizmlarini takomillashtirishda oliy ta’limning roliga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan “Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv ko‘rsatmaning “Barkamol inson shaxsi strukturasining asosiy qismlari (aqliy, axloqiy, estetik)” va “Ma’naviy yangilanishlar va ularning zamonaviy barkamol inson tarbiyasiga ta’siri” nomli 3-bobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 89-06-98-son ma’lumotnomasi). Natijalar ma’naviy yangilanishlar jarayonida malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning innovatsion xususiyatlariga doir muammoli yo‘nalishlarni aniqlash va bartaraf etishning ilmiy echimlarini o‘rganishga xizmat qilgan.