Marufxanov Bekzadxan Xayrullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Arrali jinda chigit tarog‘ini takomilashtirish orqali chigit tukdorligini kamaytirish”, 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1332
Ilmiy rahbar: Agzamov Mirsalix, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, dotsent. Shuxratov Sharof Shuxratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ishchi kameradan chigit chiqish jarayonini takomillashtirish orqali  tola bo‘yicha ish unumdorligini oshirishni nazariy- eksperimental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
arrali jinda paxta xom ashyosini arra tishlariga yo‘naltirib beradigan, ikki darajadagi xarakat erkinligiga ega, yangi konstruksiyali chigit tarog‘i ishlab chiqilgan hamda jinlash jarayoni takomillashtirilgan; 
xom ashyo valigining kuchlanganlik - deformatsion holatini aniqlash masalasining sonli echish usullari ishlab chiqilgan;  
chigit tarog‘ining tipi, o‘lchamlarining o‘zgarishi tola miqdoriga, ishchi kameradan chigitlarni chiqishiga ta’siri  aniqlangan; 
jinlash jarayoni xom ashyo valigini past zichligida olib borilganda, chigit tarog‘ining og‘ish burchagini o‘zgarishi jinlash jarayoniga ta’siri bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arrali jindagi chigit tarog‘ini takomillashtirish orqali chigit tukdorligini kamaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Chigit tarog‘ining yangi konstruksiyasi bilan takomillashtirilgan arrali jin “Toshkentpaxtasanoat” AJ ning “Piskent” paxta tozalash korxonasida texnologik jarayoniga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 29 may 2020 yildagi ma’lumotnomasi). Natijada jinlash texnologik jarayonida tola chiqishi 0,3% ga ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish