Samandarov Doston Ishmuxammat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ipak qurti g‘umbagini dastlabki qayta ishlash uchun vibratsiyali infraqizil qurilmani takomillashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1539.
Ilmiy rahbar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babajanovich, texnika fanlari doktori, professor; Choriev Abdusattor Jo‘raevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ipak qurti g‘umbagini dastlabki qayta ishlash uchun vibratsion infraqizil qurilmani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quritilgan ipak qurtining sifat ko‘rsatkichlari va uning issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyati aniqlangan;
suvsizlantirish jarayonining maqbul parametrlarini aniqlashda issiqlik ta’sirini hisobga olgan holda ipak qurti g‘umbagi devorlarida issiqlik va namlik o‘tkazilish jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
ipak qurti g‘umbagi devorlarida issiqlik va namlik o‘tkazilish jarayonlarini tavsiflovchi energiya va massa saqlanish tenglamalari ishlab chiqilgan;
kombinatsiyali quritish jarayonida vibratsiya parametrlari uchun quritish kinetikasi va samarali namlik tarqatish koeffisienti aniqlangan;
ipak qurti g‘umbagini dastlabki qayta ishlash uchun past haroratda ishlaydigan vibratsiyali infraqizil qurilma takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ipak qurti g‘umbagini dastlabki qayta ishlash qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past haroratda ishlaydigan, takomillashtirilgan vibratsiyali infraqizil qurilma «O‘RTACHIRCHIQ AGRO-PILLA» MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2020 yil 29 iyundagi 1-1/1258-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud qurilmalarga nisbatan 10 barobar kam energiya sarflash hamda 95-100% gacha sifatli pilla olish imkonini bergan;
ipak qurti g‘umbagini dastlabki qayta ishlash texnologiyasi «O‘RTACHIRCHIQ AGRO-PILLA» MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2020 yil 29 iyundagi 1-1/1258-son ma’lumotnomasi). Natijada, pillaga ishlov berish hajmini 1,22 barobar ko‘paytirish va xomashyo yo‘qotilishini 8% ga kamayitirish imkonini bergan.