Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Dorivor o‘simliklar tarkibidagi biofaol moddalarni saqlagan holda quritish uchun gelio suv isitgichli qurilmani ishlab chiqish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T354.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kurbanov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quritish nazariyani takomillashtirish va dorivor o‘simliklar tarkibidagi biofaol moddalarni saqlagan holda quritish uchun geliosuvisitgichli qurilmani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quritilgan dorivor o‘simliklar sifat ko‘rsatkichlari hamda tayyor mahsulotning issiqlik-fizik tavsifi, kimyoviy tarkibi aniqlangan;
harorat muvozanati, quritilayotgan material massasi, quritish materiali uchun energiya vazifasini o‘tuvchi jarayonda suvning gaz fazasiga o‘tish miqdori aniqlangan;
iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda quyosh energiyasidan foydalanib quritish jarayonining matematik modeli tuzilgan, quritish texnologiyasining maqbul parametrlari tanlangan;
quyosh energiyasidan foydalangan holda quritish jarayoni uchun energiya sarfini 26-28% kamaytirish imkonini beradigan usul ishlab chiqilgan;
dorivor o‘simliklarni quritish uchun energiya va resurstejamkor geliosuvisitgichli qurilmaning yangi konstruksiyasi yaratilgan;
biologik faol moddalarni 90-95% saqlab qolish imkonini beradigan dorivor o‘simliklarni quritish jarayoni texnologiyasi ishlab chiqilgan;
dorivor o‘simliklar ishlab chiqarish sanoati uchun mahsulotni quritish jarayonini teng amalga oshiruvchi, issiqlik oqimi yo‘nalishi to‘g‘ri tashkil etilgan suvisitgichli gelioquritish qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dorivor o‘simliklarni shifobaxsh quritish geliosuvisitgichli qurilmasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
energiyatejamkor quritish qurilmasi Pop tumani ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 14 maydagi 05/12-1326-son ma’lumotnomasi). Natijada, energiyatejamkor quritish qurilmasi qo‘llanilganda energiya sarfini 26-28% ga kamaytirish imkonini bergan;
quyosh energiyasidan samarali foydalangan holda quritadigan quritish texnologiyasi Pop tumani ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 14 maydagi 05/12-1326-son ma’lumotnomasi). Natijada, shifobaxsh o‘simliklarni quritish miqdori 1,6 marotaba oshirish, xomashyoning yo‘qotilishini 14% ga kamaytirish imkonini bergan;
geliosuvisitgichli qurilmaning yangi konstruksiyasi Pop tumani ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qumitasining 2020 yil 14 maydagi №05/12-1326 raqamli dalolatnomasi). Natijada, biologik faol moddalari saqlangan sifatli 90-95% tayyor mahsulot olish imkonini bergan.