Janzakov Bekzot Kulmamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda turistlarga xizmatlar ko‘rsatishda yuqori sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash usullarini takomillashtirish”, 08.00.17−Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.2.PhD/Iqt910.
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirhon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Mahbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda turistlarga xizmat ko‘rsatishda yuqori sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy  taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“turizmda innovatsion xizmat” tushunchasining ta’rifi turistlarga taklif etiladigan xizmatlarda yangi texnologiyalar, yangi g‘oya va ilmiy-innovatsion xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
turistik xizmatlarning yuqori sifat va raqobatbardoshlik darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan hamda kichik turistik sub’ektlar uchun xizmat ko‘rsatish bo‘yicha takomillashtirilgan  sifat mezonlari taklif etilgan; 
turizmda yuqori sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlovchi hamda soha jozibadorligini oshirish imkoniyatini yaratuvchi Samarqand mintaqaviy turistik xizmat ko‘rsatish hududiy klasteri taklif etilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida yuqori sifatli raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish bo‘yicha pandemiyaning ta’sirini hisobga oluvchi turizmni rivojlantirishning 2021-2024 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. 
O‘zbekistonda turistlarga xizmat ko‘rsatishda yuqori sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-uslubiy natijalarni amaliyotda qo‘llash asosida:
respublikamiz turizmini rivojlantirishda “turizmda innovatsion xizmat” tushunchasining takomillashgan ta’rifi oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Innovatsion iqtisodiyot” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4maydagi 285-son buyrug‘i, 285-194 raqamli ruxsatnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanishi turistlarga xizmat ko‘rsatishda yangi texnologiyalar, yangi g‘oya hamda innovatsion yondashuvlarni ilmiy asoslash, amaliyotda tadbiq etish va sohani jadal rivojlantirish uchun imkoniyatlarni yaratgan;
turistik xizmatlarning yuqori sifat va raqobatbardoshlik darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi hamda kichik turistik sub’ektlar uchun sifatli xizmat ko‘rsatish mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 19 noyabrdagi 02-16/5480-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, turistik xizmatlarning yuqori sifat va raqobatbardoshlik darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi va kichik turistik sub’ektlar uchun sifatli xizmat ko‘rsatish mezonlari takomillashtirilib, turistik xizmat turlaridan samarali foydalanish darajasini aniqlash imkoniyatini yaratgan;
respublika turizmida yuqori sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlovchi hamda soha jozibadorligini oshirish imkoniyatini yaratuvchi Samarqand mintaqaviy turistik xizmat ko‘rsatish hududiy klasterini shakllantirish, shuningdek uning maqbul tuzilmasi bo‘yicha taqdim etilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan(Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 19 noyabrdagi 02-16/5480-son ma’lumotnomasi).Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, mintaqalarda turistik infratuzilmani rivojlantirish va uning tarkibiy sub’ektlari o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni muvofiqlashtirish asosida yuqori sifatli raqobatbardosh  turistik xizmatlarni eksport qilish imkoniyati kengaygan;
yuqori sifatli raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish bo‘yicha pandemiyaning ta’sirini hisobga oluvchi turizmni rivojlantirishning 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha olingan ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 19 noyabrdagi 02-16/5480-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida, 2024 yilga borib, yuqori sifatli turistik xizmatlardan olinadigan daromadning 2019 yilga nisbatan 17,7% ga va kapital investisiyalarning xajmi esa 25% ga o‘sishi kutilmoqda.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish