Kulmatov Ilxom Tursunmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri: “Chiqindi tarkibidan paxtani samarali ajratish va tozalash uchun takomillashtirilgan regenerator”, 05.06.02 – «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish»ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/T1338.
Ilmiy rahbar: Kuliev Toxir Mamarajabovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.  Xakimov Sherkul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta regeneratorida chiqindilarni tozalash texnologiyasini takomillashtirish va uning konstruksiyasini loyihalash, arrali baraban uzunligi bo‘ylab chiqindilarni taqsimlashning bir xilligini va regeneratorning tozalash effektini oshiradigan havo o‘tkazuvchan qoziqli barabanni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tozalash mashinasi kamerasidagi chiqindilarni harakatga keltiruvchi va uni arrali baraban uzunligi bo‘ylab bir tekis taqsimlovchi havo o‘tkazuvchan qoziqli barabani ishlab chiqilgan; 
havo o‘tkazuvchan qoziqli barabanni vinti qadamini chiqindili paxtani regenerator uzunligi bo‘yicha aksial xarakatlanishiga nazariy bog‘liqlik tenglamalari keltirib chiqarilgan; 
chiqindilarni va tozalangan paxta regeneratorining chiqishiga tomon xarakatlanishida aerodinamik qarshilikni kamaytirish uchun regeneratorni yuqori qopqog‘ining shakli ishlab chiqilgan; 
nazariy izlanishlar natijasida qoziqli barabandan dastlabki tezlanish olgan chiqindili paxtani xarakat traektoriyasi o‘zgarishini regenerator yuqori qopqog‘ining egrilik radisiga bog‘liqlik tenglamalari keltirib chiqarilgan. 
paxta regeneratorining asosiy konstruktiv parametrlari va ishlash texnologik rejimlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chiqindi tarkibidan paxtani samarali ajratish va tozalash uchun takomillashtirilgan regenerator ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
chiqindi tarkibidan paxtani samarali ajratish va tozalash uchun takomillashtirilgan regeneratoriga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Paxta regeneratori», №FAP 20190208–2020 y.). Natijada bunday tozalagichni qo‘llanilishi paxta xomashyosini iflosliklardan ajratib olishda ish unumdorligi 2 martagacha oshirishga imkoniyat yaratigan.
tozalash mashinalari chiqindilaridan paxta bo‘laklarini ajratib olish bo‘yicha takomillashtirilgan paxta regeneratori “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi “Bog‘dod tajriba eksperimental paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2021 yil 22 apreldagi FT-18/893-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani tozalash uskunalaridan keyingi chiqindi tarkibidagi paxta miqdori 0,3 % dan kam miqdorda ekanligi  va tozalash uchun amaldagi 2 dona regenerator o‘rniga bir dona takomillashtirilgan regeneratordan foydalanish mumkinligiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish