Raximova Guzalbegim Murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asosiy vositalar hisobi va auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish», 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/Iqt1550.
Ilmiy rahbar: Ilxamov Shavkat Islomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdug‘apur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; To‘raev Abdurahim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Andijon  qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalar hisobi va auditi usullarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mulk, mashina va asbob-uskunalarni baholashda “tan olish”, “adolatli (haqqoniy)” va “diskontlangan qiymati” mezonlari ishlab chiqilgan;
“O‘zbekneftgaz” AJda “mulk, zavod, mashina va asbob-uskunalar”ni boshlang‘ich hamda qayta baholangan qiymatlari bo‘yicha hisobga olishda davomiy baholashning ketma-ketligini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda “mulk, zavod, mashina va asbob-uskunalarning harakati to‘g‘risida”gi hisobot shakli ishlab chiqilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda qat’iy belgilangan shakllarni to‘liq yuritish orqali “mulk, zavod, mashina va asbob-uskunalar” auditining tahliliy amallarini o‘tkazishning bosqichlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asosiy vositalar hisobi va auditi usullarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
mulk, mashina va asbob-uskunalarni baholashda “tan olish”, “adolatli (haqqoniy)” va “diskontlangan qiymati” mezonlarini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 23 martdagi 17-01-37/87-681-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 2 apreldagi 295/86-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi mulk, mashina va asbob-uskunalarni xalqaro standartlar asosida baholash orkali ularning xaqqoniy qiymati orqali kirim qilish, amortizatsiya hisoblashda hisobdan chiqarish tartibi moliyaviy hisobotning halqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha respublikamizda belgilangan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
boshlang‘ich hamda qayta baholangan qiymatlari bo‘yicha hisobga olishda davomiy baholashning ketma-ketligini kiritish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 15 iyun 201-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 23 martdagi 17-01-37/87-681-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 2 apreldagi 295/86-son, “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi 2021 yil 15 martdagi 22/325-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibidagi sub’ektlarda “mulk, zavod, mashina va asbob-uskunalar”ni boshlang‘ich hamda qayta baholangan qiymatlari bo‘yicha hisobga olish tartibi “O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil yillik foydasini 12,7 foizga oshishiga erishilgan; 
“mulk, zavod, mashina va asbob-uskunalarning harakati to‘g‘risida”gi konsolidatsiyalashgan hisobotning shakli  to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 23 martdagi 17-01-37/87-681-son,  “O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 2 apreldagi 295/86-son, “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi 2021 yil 15 martdagi 22/325-son ma’lumotnomalari).Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning “mulk, zavod, mashina va asbob-uskunalarning harakati to‘g‘risida”gi hisobotlari ma’lumotlarining ishonchligi, to‘liqligi va ob’ektivligini oshirishga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda qat’iy belgilangan shakllarni to‘liq yuritish orqali “mulk, zavod, mashina va asbob-uskunalar” auditining tahliliy amallarini o‘tkazishning bosqichlari taklif etilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 23 martdagi 17-01-37/87-681-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 2 apreldagi 295/86-son, “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi 2021 yil 15 martdagi 22/325-son ma’lumotnomalari).  Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi audit sifatining oshishiga, auditorlik xulosalarining asoslanganligini ta’minlashga, moliyaviy hisobot axborotlarining haqqoniyligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish